https://oz.sputniknews.uz/20230722/ozbekiston-pilla-qurti-urugi-ishlab-chiqaruvchi-subsidiya-37073982.html
O‘zbekistonda pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi
O‘zbekistonda pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yil 1-yanvargacha har bir quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
2023-07-22T15:49+0500
2023-07-22T15:49+0500
2023-07-22T15:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
pillachilik
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/05/34657098_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8ea50988e7d531191222dc5c6f345abc.jpg
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi. Bu haqda Hukumatning 305-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.Shunga ko‘ra:Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hukumat qarori bilan ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi. Yangi tutzorlar barpo qilish uchun 105 ming gektar yer maydonlari ularning konturlarini aniq belgilagan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/05/34657098_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e370921f8c93506f5e265d8ca9efe866.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pilla qurti urug‘i ishlab chiqaruvchilar subsidiya
pilla qurti urug‘i ishlab chiqaruvchilar subsidiya
O‘zbekistonda pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi
2026 yil 1-yanvargacha har bir quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi. Bu haqda Hukumatning
305-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi (20 maygacha);
uchinchi va to‘rtinchi mavsum uchun Manzilli ro‘yxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga taqdim etiladi (20 avgustgacha);
Qo‘mita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablag‘larni subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi (10 ish kunida).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hukumat qarori bilan ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi. Yangi tutzorlar barpo qilish uchun 105 ming gektar yer maydonlari ularning konturlarini aniq belgilagan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi
asosida ajratiladi.