Qaysi hududlar +43 darajagacha isiydi — O‘zbekistonda 22-iyul uchun ob-havo

© SputnikVid na noviy Tashkent
Vid na noviy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Ertaga, 22-iyul kuni eng issiq harorat Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kuzatiladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23-25, kunduzi +38-40 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23-28, cho‘l hududlarda +31 darajagacha, kunduzi +38-43 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23-28, kunduzi +38-43 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22-27, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18-23, kunduzi +30-35 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidrometga ko‘ra, bugun Prespublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0