https://oz.sputniknews.uz/20230721/jismoniy-shaxslar-muddati-otgan-qarzdorliklari-37056850.html
Jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorliklari undirilishiga oid tavsiyalar tasdiqlandi
Jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorliklari undirilishiga oid tavsiyalar tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Qarzdorga soat 20:00 dan 8:00 gacha vaqtda va haftada bir martadan ko‘p uchrashish, kuniga bir martadan ortiq telefon qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 21.07.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-07-21T19:12+0500
2023-07-21T19:12+0500
2023-07-21T19:12+0500
iqtisod
markaziy bank
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768421_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_90a912939b316135f68a5da810910988.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Markaziy bank boshqaruvi tomonidan jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorliklarini undirishda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga doir tavsiyalar tasdiqlandi.Ushbu tavsiyalar jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorliklari undirilishiga doir quyidagi maqsadlarga:Bunda ushbu tavsiyalar fuqarolarning muddati o‘tgan kredit qarzdorligi yuzaga kelganda kredit tashkiloti tomonidan qarzdorlar bilan bog‘lanish usullari, qarzdorlarga qo‘ng‘iroq qilish hamda shaxsiy uchrashuvlar bo‘yicha meyorlar, qarzdorlarga yuboriladigan xabarnoma mazmuniga qo‘yilgan talablar, shuningdek, kredit tashkilotlari va qarzdor-jismoniy shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa tegishli qoidalarni o‘z ichiga olgan.Kredit tashkilotlari tomonidan mazkur tavsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi qarzdor-jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldi olinishiga, ular bilan o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan munosabatlarni tashkil etilishiga hamda fuqarolarning kredit tashkilotlariga nisbatan ishonchi oshishiga xizmat qiladi.Tavsiyalar bilan batafsil bu havola orqali tanishish mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768421_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_474bebe62a5eecef36e4e7fe8f1fa693.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, markaziy bank, o‘zbekiston
iqtisod, markaziy bank, o‘zbekiston
Jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorliklari undirilishiga oid tavsiyalar tasdiqlandi
Qarzdorga soat 20:00 dan 8:00 gacha vaqtda va haftada bir martadan ko‘p uchrashish, kuniga bir martadan ortiq telefon qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Markaziy bank boshqaruvi tomonidan jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorliklarini undirishda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga doir tavsiyalar
tasdiqlandi. Ushbu tavsiyalar jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorliklari undirilishiga doir quyidagi maqsadlarga:
kredit undiruvi jarayonida kredit tashkilotlari tomonidan qarzdor-jismoniy shaxslarning huquqlari buzilishini hamda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni qonunchilikka zid ravishda oshkor etilishining oldini olish;
muddati o‘tgan kredit to‘lovlarini undirish bo‘yicha shartnoma va qonunchilikka zid bo‘lgan xatti-harakatlar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
kredit tashkilotlari xodimlari tomonidan kredit qarzdorligini undirish jarayonida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
muddati o‘tgan kredit qarzdorligi yuzaga kelganda qarzdorga nisbatan turli insofsiz amaliyotlar (tinimsiz takroriy qo‘ng‘iroqlar, qarzdorlikni to‘lamaslik oqibatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar berish, qarzdorlarni boshqa shaxslar oldida obro‘sizlantirish va h.z.) qo‘llanilishining oldini olishga erishilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.
Bunda ushbu tavsiyalar fuqarolarning muddati o‘tgan kredit qarzdorligi yuzaga kelganda kredit tashkiloti tomonidan qarzdorlar bilan bog‘lanish usullari, qarzdorlarga qo‘ng‘iroq qilish hamda shaxsiy uchrashuvlar bo‘yicha meyorlar, qarzdorlarga yuboriladigan xabarnoma mazmuniga qo‘yilgan talablar, shuningdek, kredit tashkilotlari va qarzdor-jismoniy shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa tegishli qoidalarni o‘z ichiga olgan.
Kredit tashkilotlari tomonidan mazkur tavsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi qarzdor-jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldi olinishiga, ular bilan o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan munosabatlarni tashkil etilishiga hamda fuqarolarning kredit tashkilotlariga nisbatan ishonchi oshishiga xizmat qiladi.
Tavsiyalar bilan batafsil bu
havola orqali tanishish mumkin.