https://oz.sputniknews.uz/20230721/jazoni-otab-chiqqanlar-ishga-olgan-subsidiya-37046799.html
Jazoni o‘tab chiqqanlarni ishga olganlarga subsidiya berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Jazoni o‘tab chiqqanlarni ishga olganlarga subsidiya berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
2023 yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga ishga qabul qilgan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan har bir shaxs uchun BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishi tartibi joriy etiladi. Subsidiya Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladi.
2023-07-21T16:38+0500
2023-07-21T16:38+0500
2023-07-21T16:38+0500
jamiyat
subsidiya
o‘zbekiston
jazoni ijro etish muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363530_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_6e12ec502471cfb67a05573836a79a93.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda jazoni o‘tab chiqqan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya berish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga ishga qabul qilgan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan har bir shaxs uchun BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishi tartibi joriy etiladi. Subsidiya Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladi.Subsidiya, ishga joylashtirilgan shaxs ish joyida kamida 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng to‘lanadi.Ichki ishlar organlari fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni mehnat organlariga taqdim etib boradi.Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning bandlik holatini doimiy monitoring qilib borish tizimi joriy qilinadi. Ularning bandlik holatini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyati yaratiladi.Loyiha 4-avgustgacha muhokamada bo‘ladi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qamoqdan chiqqan fuqarolarga bir marta 9,2 mln so‘m yordam puli beriladi. Yordam pullari ushbu masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning qarorlari asosida beriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363530_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_08a9de9ed687206aa469b5b177fe7aa3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jazoni o‘tab chiqqanlar ishga olish subsidiya
jazoni o‘tab chiqqanlar ishga olish subsidiya
Jazoni o‘tab chiqqanlarni ishga olganlarga subsidiya berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning bandlik holatini doimiy monitoring qilib borish tizimi joriy qilinadi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda jazoni o‘tab chiqqan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya berish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga
qo‘ygan. Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga ishga qabul qilgan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan har bir shaxs uchun BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishi tartibi joriy etiladi. Subsidiya Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladi.
Subsidiya, ishga joylashtirilgan shaxs ish joyida kamida 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng to‘lanadi.
Ichki ishlar organlari fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni mehnat organlariga taqdim etib boradi.
Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning bandlik holatini doimiy monitoring qilib borish tizimi joriy qilinadi. Ularning bandlik holatini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Loyiha 4-avgustgacha muhokamada bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qamoqdan chiqqan fuqarolarga bir marta 9,2 mln so‘m yordam puli
beriladi. Yordam pullari ushbu masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning qarorlari asosida beriladi.