https://oz.sputniknews.uz/20230721/davlat-xizmatchilari-tadbirkorlik-37037224.html
Ayrim davlat xizmatchilari tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi
Ayrim davlat xizmatchilari tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 6 nafar rahbar mansabdor shaxs tadbirkorlik subyektlarining ta’sischilari ekanini aniqladi.
2023-07-21T13:31+0500
2023-07-21T13:31+0500
2023-07-21T13:31+0500
jamiyat
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/481/80/4818006_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_ede902975b6b3ec6c9910cf1baa480ff.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatchilari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Agentlik davlat boshqaruv organlari va davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining holatini o‘rgandi.Unda 6 nafar rahbar mansabdor shaxs (3 nafar tuman-shahar hokimi, 1 nafar agentlik, 1 nafar unitar korxona va 1 nafar qo‘mita rahbari) tadbirkorlik subyektlarining ta’sischilari ekanligi ma’lum bo‘ldi.Ma’lumot uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emasligi qayd etilgan.Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ning 13-bandida davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmasligi belgilangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/481/80/4818006_157:0:1057:675_1920x0_80_0_0_24e8a2144412ba3eb6196ac1cf7e6fd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor shaxs tadbirkorlik subyektlari
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor shaxs tadbirkorlik subyektlari
Ayrim davlat xizmatchilari tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 6 nafar rahbar mansabdor shaxs tadbirkorlik subyektlarining ta’sischilari ekanini aniqladi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatchilari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
xabar berdi. Agentlik davlat boshqaruv organlari va davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining holatini o‘rgandi.
Unda 6 nafar rahbar mansabdor shaxs (3 nafar tuman-shahar hokimi, 1 nafar agentlik, 1 nafar unitar korxona va 1 nafar qo‘mita rahbari) tadbirkorlik subyektlarining ta’sischilari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
“Aniqlangan holatlar bo‘yicha mazkur davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning yuqori turuvchi idoralariga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritildi. Mansabdor shaxslarning tadbirkorlik subyektlaridagi faoliyati tugatilishi bo‘yicha choralari ko‘rilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emasligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ning 13-bandida davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmasligi belgilangan.