https://oz.sputniknews.uz/20230721/abiturientlar-soni-oliygoh-37032513.html
Abituriyentlar soni o‘tgan yildan kam — ularning eng ko‘pi qaysi oliygohni tanladi?
Abituriyentlar soni o‘tgan yildan kam — ularning eng ko‘pi qaysi oliygohni tanladi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston milliy universitetida o‘qish uchun 36 782 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
2023-07-21T09:33+0500
2023-07-21T09:33+0500
2023-07-21T09:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
otm
abituriyent
abituriyent — 2023
test sinovlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21271659_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_e212c55a87e8fe18458b516f24c3e2b2.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Abituriyentlarning eng ko‘pi O‘zbekiston milliy universitetida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, deya xabar berdi Ta’lim nazorati.Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy universitetida o‘qish uchun 36 782 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:Eslatib o‘tamiz, 20-iyul o‘qishga topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni edi. Shunga qaramay, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21271659_455:0:3186:2048_1920x0_80_0_0_ee905d1918a91c551ad9e1074959cd60.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, otm, abituriyent, abituriyent — 2023, test sinovlari
jamiyat, o‘zbekiston, otm, abituriyent, abituriyent — 2023, test sinovlari
Abituriyentlar soni o‘tgan yildan kam — ularning eng ko‘pi qaysi oliygohni tanladi?
09:33 21.07.2023 (yangilandi: 09:40 21.07.2023) O‘zbekiston milliy universitetida o‘qish uchun 36 782 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Abituriyentlarning eng ko‘pi O‘zbekiston milliy universitetida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, deya xabar berdi
Ta’lim nazorati. Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy universitetida o‘qish uchun 36 782 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
O‘zbek tili — 890 304 nafar;
Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
Boshqa tillar — 2 330 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:
Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.
Ma’lumot uchun, 2023-2024 o‘quv yili uchun 1 mln 018 ming 007 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. O‘tgan yilda OTMlarga kirish uchun jami 1 mln 214 ming 232 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyul o‘qishga topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni edi. Shunga qaramay, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari
mumkin bo‘ladi.