Rossiya xakerlari Qrim ko‘prigidagi teraktga aloqador kemalarni fosh qildi

© Sputnik / Konstantin Mihalchevskiy / Mediabankka o‘tishGruzovoy sostav na Krimskom mostu
Gruzovoy sostav na Krimskom mostu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2023
Obuna bo‘lish
RaHDit guruhi Qrim ko‘prigidagi teraktga aloqasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan kemalar nomini hamda SBUning 1,7 ming xodimlari ma’lumotlarini ochiqladi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. RaHDit xakerlar guruhi Qrim ko‘prigi tomon masofadan turib boshqariladigan qayiqlarni qo‘yib yuborishi mumkin bo‘lgan fuqarolik kemalarining nomlarni e’lon qildi.

"Yovuz rus xakerlari" (RaHDit) SBU (Ukraina xavfsizlik xizmati) tomonidan amalga oshirilgan teraktga javoban Qrim ko‘prigi tomon portlovchi moddalar yuklangan masofadan turib boshqariladigan qayiqlar qo‘yib yuborilgan kemalarning yo‘nalishlarini e’lon qiladi", - deyiladi xabarda.

Xakerlar o‘tkazgan izlanishlardan ma’lum bo‘lishicha, ikki tanker - "Beks Loyal" va "Khudayar Yusifzade" ushbu operatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Ulardan biri hujumdan bir necha kun oldin Novorossiyskdan 100 kilometr uzoqlikda, Qora dengizdagi Rossiya qirg‘og‘iga qarama-qarshi tomonda ancha vaqt harakatsiz turgan. Ikkinchisi esa janubroqda turgan. Keyinchalik ikkala kema dengizda uchrashgan.
Xakerlarning fikricha, o‘sha paytda dronlar kemalarning biridan boshqasiga o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. RaHDit ta’kidlashicha, pilotsiz qayiqlarni boshqarish uchun Qrim ko‘prigiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinadigan boshqa kema ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
"Beks Loyal" va "Khudayar Yusifzade" tankerlaridan biri Marshall orollari ikkinchisi Liberiya bayroqlari ostida suzib yuradi.
Marin Traffik veb-saytidan ma’lum bo‘lishicha, "Khudayar Yusifzade" kemasi 5-iyul kuni Izmail (Ukraina) portidan chiqib, 18-iyul kuni Elefsisga (Gretsiya) yetib kelgan. "Beks Loyal" esa 13-may kuni Tuzla (Istanbul, Turkiya) portidan chiqib, 18-iyul kuni Konstantaga (Ruminiya) yetib kelgan.
Ochiq manbalarga ko‘ra, "Khudayar Yusifzade"ning uy porti — Valletta (Malta), egasi — "Palmali Gemicilik ve Acentelik AS" (Palmali Shipping & Agency). "Beks Loyal"ning uy porti — Pirey (Gretsiya), egasi — "Owner Beks Shipmanagement & Trading A.S.". Ikkinchi kema ancha katta: uzunligi 228 metrga nisbatan 140 metrga teng.
"Yovuz rus xakerlari" bundan tashqari Qrim ko‘prigiga teraktga qasos sifatida 1,7 ming nafar Ukraina maxsus xizmatlari xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari va suratlarini chop etgan.
Shuningdek, Kiyevda dengiz dronlari uchun xayriya mablag‘lari to‘playotgan tashkilot haqidagi ma’lumotlar ham fosh etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyul tonggi soat 03 lar atrofida Ukraina maxsus kuchlari Qrim ko‘prigiga ikkita suv usti masofadan turib boshqariladigan katerlar bilan hujum qildi. Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etdi - Belgorod viloyatidan bo‘lgan er-xotin, ularning 14 yoshli qizi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘prikning avtomobil yo‘l qismi shikastlangan. Quruvchilar unda harakat kuzgacha tiklanishini aytishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0