https://oz.sputniknews.uz/20230720/rossiya-qoshinlari-uch-yonalishda-olga-siljimoqda-37022296.html
Rossiya qo‘shinlari uch yo‘nalishda olg‘a siljimoqda
Rossiya qo‘shinlari uch yo‘nalishda olg‘a siljimoqda
Sputnik O‘zbekiston
UQKning qarshi hujumi cho‘zilib ketdi va qaytarib bo‘lmaydigan tarzda chekinishga aylanmoqda. Rossiya qo‘shinlari uch yo‘nalishda olg‘a siljimoqda.
2023-07-20T22:20+0500
2023-07-20T22:20+0500
2023-07-20T22:20+0500
rossiya
ukraina
aqsh
nato
harbiylar
harbiy
harbiy texnika
kolumnistlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0d/35918435_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_cad44e3b2684a6ccd5b60cdb7b1e8749.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari guruhlari maxsus harbiy opersiya hududida NATO qurollari bilan birga Ukraina armiyasini mohirona va samarali ravishda yo‘q qilmoqda. UQKning qarshi hujumi cho‘zilib ketdi va qaytarib bo‘lmaydigan tarzda chekinishga aylanmoqda. AQSh va NATO “Ukraina loyihasi” va o‘zlarining “qoidalarga” asoslangan dunyo tartibi" ning yaqinlashib kelayotgan falokatini xavotir bilan kuzatmoqda.Ukraina zahiralari kamayib bormoqda — 12 ta “hujum brigadasi” dan oltitasi qolgan. Bundan tashqari, tank brigadasi tarkibining yarmi, shuningdek, Bosh razvedka boshqarmasining “kognitiv operatsiyalari” (ya’ni terroristik hujumlar) va NATO o‘q-dorilarining oqimi maxsus harbiy operatsiya holatiga ta’sir qilmaydi. UQK qo‘mondonligiga ko‘ra, Kupansk va Xarkov viloyati yaqinidagi hujumi uchun Rossiya qo‘shinlarining 100 ming kishilik guruhi, jumladan Havo-desant kuchlarining ilg‘or bo‘linmalari, 900 dan ortiq tanklar, 555 artilleriya tizimlari, 370 zalp hujum reaktiv tizimi va armiya aviatsiyasi jamlangan. Boshqa tomondan, Krasniy Liman yaqinida UQK uchun operatsion vaziyat xuddi shunday noqulay yo‘sinda rivojlanmoqda. Bu yerda, Ukraina tomonning ma’lumotlariga ko‘ra, 60 mingga yaqin Rossiya qo‘shinlari, jumladan, “Iskanderlar”dan iborat raketa brigadasi va yirik artilleriya bo‘linmalari bor. Ehtimol, bularning hammasi qo‘rqinchli ko‘rinar, ammo G‘arb xuddi shu ma’lumotlarga yondashib ish tutmoqda. Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Rossiya bo‘linmalari “Kupansk viloyatidagi qo‘shinlarimizni yo‘q qilishga va bizning jangovar tuzilmalarimizning tubida hujumkor harakatlarini davom ettirishga” intilayotganini aytdi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi “G‘arbiy” harbiylar guruhining dushman mudofaasidan bir yarim kilometr ichkariga siljiganini tasdiqladi.Ukrainaning mavjudligi “ekzistensial tahdid” ekanligini tan olishmoqda. “Ukraina fronti” ning qulashi — RF Qurolli Kuchlarining Polsha chegarasiga hujum qilishidan qo‘rqishmoqda.Rossiya yo‘lida: Xarkov, Nikolayev, Odessa16 iyul kuni Rossiyaning “Iskanderlar”i Xarkovda G‘arb texnikasi olib kelayotgayen poyezdlarga zarba berdi — Leopard tanklari, Bradley piyodag jangovar mashinalari, M113 bronetransportorlari va UQKning yuzlab million dollarlik boshqa mulklari yo‘q qilindi. NATO mutaxassislari ham juda katta zarar ko‘rdi. Ularning faqat ayrimlari, maxsus harbiy operatsiyaning aql bovar qilmaydigan sharoitida, Xarkovdan Polshaning Jeshuviga “Boing” yuk samolyotida evakuatsiya qilindi.Rossiya qo‘shinlari guruhi bir necha hafta davomida Krasnlimansk va Kupansk yo‘nalishlarida hujum operatsiyalarini o‘tkazmoqda, bu operatsiya ko‘lami va mazmun bo‘yicha Xarkovni ozod qilish operatsiyasini (Ulug‘ Vatan urushida) tobora ko‘proq eslatmoqda. Rossiya Qurolli Kuchlarining UQKning Odessa va Nikolayevdagi obyektlariga qo‘shma (guruhli) zarbalari esa maxsus xarbiy operatsiyaning strategik maqsad va vazifalarining o‘zgarmasligini eslatadi. Rossiyaning “Don bitimi” dan chiqishi Qora dengiz flotiga harakat erkinligini beradi. Yuqorida sanab o‘tilgan uchta, aslida Rossiyaga tegishli bo‘lgan shaharlarning (mintaqalar) yaqin kelajakda Rossiyaga qaytishi RFning milliy xavfsizligi manfaatlariga to‘liq mos keladi. Bu chegaralar AQSh va NATOning muzokara olib borishga qodir bo‘lmagan mamlakatlari bilan hech qanday tinchlik shartnomasi bilan kompensatsiya qilib bo‘lmaydi (hatto Kiyev qo‘g‘irchoqlarining obro‘siga tegmagan holatda ham).“Mossad” Isroil razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvarigacha UQK 157 ming kishi halok bo‘lgan, 234 ming kishi yaralangan, 17 mingdan ortiq askar va ofitserlar asirga olingan. Yarim yildan keyin, Artemovsk ozod qilinganidan va 40 kunlik Ukraina “qarshi-hujumi” dan so‘ng bu raqamlarni ikki baravarga oshirish mumkin. Ukrainalik harbiylarning 20 foizidan kamrog‘i ixtiyoriy ravishdaxizmat qilishga tayyor.UQKga Amerika “mo‘jizaviy qurol”lari ro‘yxatidan faqat Abrams tanklari, ATACMS operativ-taktik raketalari va F-16 qiruvchi samolyotlarigina hali yetkazilmagan. Kuni kecha AQSh armiyasi shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari Mark Milli Rossiya Havo-kosmik kuchlariga qarshi yetarli kuchga erishish uchun UQK ga ko‘p yillar va yuz milliardlab dollarlar kerakligini tan oldi. Amerikaning “jangari lochinlari” F-16 (Fighting Falcon) va “Abrams”ning Kiyev rejimiga yuborilishi ehtimoli kamroq ko‘rinadi va ATACMS raketalari Pentagonga tez orada Tayvanda kerak bo‘lishi mumkin.AQShning “Ukraina loyihasi” sezilarli darajada degradatsiyaga uchradi. Garchi u hali ham Zaporojye yo‘nalishidagi ko‘p sonli qurbonli hujumlar va Qrimga dronlar hujumlari bilan cheklanmoqda. Rossiya qurollarini ishlab chiqarish va armiyasining jangovar salohiyati tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Rossiya tarixining rivojlanishi Vashington va uning qo‘g‘irchoqlariga bog‘liq emas.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0d/35918435_29:0:2760:2048_1920x0_80_0_0_23f626ece25afde61a73cb234e3153b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
uqk ukraina qarshi hujum chekinish rossiya qo‘shin
uqk ukraina qarshi hujum chekinish rossiya qo‘shin
Rossiya qo‘shinlari uch yo‘nalishda olg‘a siljimoqda
UQKning qarshi hujumi cho‘zilib ketdi va qaytarib bo‘lmaydigan tarzda chekinishga aylanmoqda.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari guruhlari maxsus harbiy opersiya hududida NATO qurollari bilan birga Ukraina armiyasini mohirona va samarali ravishda yo‘q qilmoqda.
UQKning qarshi hujumi cho‘zilib ketdi va qaytarib bo‘lmaydigan tarzda chekinishga aylanmoqda. AQSh va NATO “Ukraina loyihasi” va o‘zlarining “qoidalarga” asoslangan dunyo tartibi" ning yaqinlashib kelayotgan falokatini xavotir bilan kuzatmoqda.
Ukraina armiyasining qarshi hujumi, shubhasiz, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Rossiya qo‘shinlari Kupanskiy, Liman va Severskiy yo‘nalishlarida oldinga siljib, Dnepr va Qora dengiz mintaqalarida qo‘shma zarbalar berishmoqda —“Odessaga raketa hujumi” ikkinchi kun etmoqda.
Ukraina zahiralari kamayib bormoqda — 12 ta “hujum brigadasi” dan oltitasi qolgan. Bundan tashqari, tank brigadasi tarkibining yarmi, shuningdek, Bosh razvedka boshqarmasining “kognitiv operatsiyalari” (ya’ni terroristik hujumlar) va NATO o‘q-dorilarining oqimi maxsus harbiy operatsiya holatiga ta’sir qilmaydi. UQK qo‘mondonligiga ko‘ra, Kupansk va Xarkov viloyati yaqinidagi hujumi uchun Rossiya qo‘shinlarining 100 ming kishilik guruhi, jumladan Havo-desant kuchlarining ilg‘or bo‘linmalari, 900 dan ortiq tanklar, 555 artilleriya tizimlari, 370 zalp hujum reaktiv tizimi va armiya aviatsiyasi jamlangan.
Boshqa tomondan, Krasniy Liman yaqinida UQK uchun operatsion vaziyat xuddi shunday noqulay yo‘sinda rivojlanmoqda. Bu yerda, Ukraina tomonning ma’lumotlariga ko‘ra, 60 mingga yaqin Rossiya qo‘shinlari, jumladan, “Iskanderlar”dan iborat raketa brigadasi va yirik artilleriya bo‘linmalari bor. Ehtimol, bularning hammasi qo‘rqinchli ko‘rinar, ammo G‘arb xuddi shu ma’lumotlarga yondashib ish tutmoqda. Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Rossiya bo‘linmalari “Kupansk viloyatidagi qo‘shinlarimizni yo‘q qilishga va bizning jangovar tuzilmalarimizning tubida hujumkor harakatlarini davom ettirishga” intilayotganini aytdi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi “G‘arbiy” harbiylar guruhining dushman mudofaasidan bir yarim kilometr ichkariga siljiganini tasdiqladi.
Vashington endi UQKning Rossiya armiyasining mudofaasini yorib o‘tish qobiliyatiga ishonmaydi. “Qarshi hujum”ning dastlabki ikki haftasidayoq UQK NATO davlatlari tomonidan yetkazib berilgan zirhli texnikaning 20 foizini yo‘qotgan. Kiyev rejimining g‘arbiy xo‘jayinlari endi “Rossiyaning jang maydonidagi mag‘lubiyati” haqida gapirmayaptilar, ular asabiy holatda qolgan resurslarni (snaradlarni) hisoblashmoqda,
Ukrainaning mavjudligi “ekzistensial tahdid” ekanligini tan olishmoqda. “Ukraina fronti” ning qulashi — RF Qurolli Kuchlarining Polsha chegarasiga hujum qilishidan qo‘rqishmoqda.
Rossiya yo‘lida: Xarkov, Nikolayev, Odessa
16 iyul kuni Rossiyaning “Iskanderlar”i Xarkovda G‘arb texnikasi olib kelayotgayen poyezdlarga zarba berdi — Leopard tanklari, Bradley piyodag jangovar mashinalari, M113 bronetransportorlari va UQKning yuzlab million dollarlik boshqa mulklari yo‘q qilindi. NATO mutaxassislari ham juda katta zarar ko‘rdi. Ularning faqat ayrimlari, maxsus harbiy operatsiyaning aql bovar qilmaydigan sharoitida, Xarkovdan Polshaning Jeshuviga “Boing” yuk samolyotida evakuatsiya qilindi.
Rossiya qo‘shinlari guruhi bir necha hafta davomida Krasnlimansk va Kupansk yo‘nalishlarida hujum operatsiyalarini o‘tkazmoqda, bu operatsiya ko‘lami va mazmun bo‘yicha Xarkovni ozod qilish operatsiyasini (Ulug‘ Vatan urushida) tobora ko‘proq eslatmoqda. Rossiya Qurolli Kuchlarining UQKning Odessa va Nikolayevdagi obyektlariga qo‘shma (guruhli) zarbalari esa maxsus xarbiy operatsiyaning strategik maqsad va vazifalarining o‘zgarmasligini eslatadi.
Rossiyaning “Don bitimi” dan chiqishi Qora dengiz flotiga harakat erkinligini beradi. Yuqorida sanab o‘tilgan uchta, aslida Rossiyaga tegishli bo‘lgan shaharlarning (mintaqalar) yaqin kelajakda Rossiyaga qaytishi RFning milliy xavfsizligi manfaatlariga to‘liq mos keladi. Bu chegaralar AQSh va NATOning muzokara olib borishga qodir bo‘lmagan mamlakatlari bilan hech qanday tinchlik shartnomasi bilan kompensatsiya qilib bo‘lmaydi (hatto Kiyev qo‘g‘irchoqlarining obro‘siga tegmagan holatda ham).
Ayni paytda Vashington Moskva bilan proksi urushni davom ettirish niyatida, AQShning yevropalik ittifoqchilari “Rossiyaga bosim” o‘tkazish zarurligiga ishonch bildirmoqda. Shubhasiz, “oxirgi ukrainalikgacha kurashish” “AQSh tomonidan eng yaxshi sarmoyadir”. Pentagonning fikricha, Ukraina armiyasida “muvaffaqiyatli hujum” uchun hamma narsa bor. G‘arb qurollari yoki safarbarlik zaxirasi tugashidan oldin to‘g‘ri strategiyani topish qolgan xolos.
“Mossad” Isroil razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvarigacha UQK 157 ming kishi halok bo‘lgan, 234 ming kishi yaralangan, 17 mingdan ortiq askar va ofitserlar asirga olingan. Yarim yildan keyin, Artemovsk ozod qilinganidan va 40 kunlik Ukraina “qarshi-hujumi” dan so‘ng bu raqamlarni ikki baravarga oshirish mumkin. Ukrainalik harbiylarning 20 foizidan kamrog‘i ixtiyoriy ravishdaxizmat qilishga tayyor.
UQKga Amerika “mo‘jizaviy qurol”lari ro‘yxatidan faqat Abrams tanklari, ATACMS operativ-taktik raketalari va F-16 qiruvchi samolyotlarigina hali yetkazilmagan. Kuni kecha AQSh armiyasi shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari Mark Milli Rossiya Havo-kosmik kuchlariga qarshi yetarli kuchga erishish uchun UQK ga ko‘p yillar va yuz milliardlab dollarlar kerakligini tan oldi. Amerikaning “jangari lochinlari” F-16 (Fighting Falcon) va “Abrams”ning Kiyev rejimiga yuborilishi ehtimoli kamroq ko‘rinadi va ATACMS raketalari Pentagonga tez orada Tayvanda kerak bo‘lishi mumkin.
AQShning “Ukraina loyihasi” sezilarli darajada degradatsiyaga uchradi. Garchi u hali ham Zaporojye yo‘nalishidagi ko‘p sonli qurbonli hujumlar va Qrimga dronlar hujumlari bilan cheklanmoqda. Rossiya qurollarini ishlab chiqarish va armiyasining jangovar salohiyati tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Rossiya tarixining rivojlanishi Vashington va uning qo‘g‘irchoqlariga bog‘liq emas.