O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov vafot etdi

© Ministerstvo kulturi i turizma Tolib Karimov
Tolib Karimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2023
Obuna bo‘lish
Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.

"O‘zbek kino va teatr san’atida og‘ir judolikka uchradi. El suygan aktor, O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov vafot etdi", - deyiladi xabarda.

Karimov 1940-yilda Toshkentda tavallud topgan. U 1961-yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktorlik fakultetini tamomlagan.
1961-63 yillarda Qo‘qondagi Hamza nomli teatrda faoliyat boshlagan. 1963-yildan Hamza nomidagi O‘zbek Davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatrida ishga o‘tib, bugunga qadar samarali ijod qildi.

“Teatr, kino va telenovellalarda yuzlab obrazlar yaratib, muxlislar muhabbatini qozondi”, - deyiladi xabarda.

Tolib Karimovga 1987-yilda "O‘zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni berilgan. 1997-yilda "Mehnat shuhrati"ordeni bilan taqdirlangan
Yangiliklar lentasi
0