https://oz.sputniknews.uz/20230720/ozbekiston-matol-kuban-37019965.html
O‘zbekiston matolarini Kubanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beradi
O‘zbekiston matolarini Kubanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beradi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga O‘zbekistondan mato va gazlama yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. Krasnodar o‘lkasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan masofaviy davra suhbatida tegishli kelishuvga erishildi.
2023-07-20T17:06+0500
2023-07-20T17:06+0500
2023-07-20T17:06+0500
iqtisod
o‘zbekiston - rossiya
to‘qimachilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/14/29303309_0:257:2727:1791_1920x0_80_0_0_067262b0340689f7ea3f8172d0636100.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga O‘zbekistondan mato va gazlama yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. Krasnodar o‘lkasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan masofaviy davra suhbatida tegishli kelishuvga erishildi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.Kuban sanoat siyosati vaziri Dmitriy Xmelko hududning Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda yo‘l xaritasini amalga oshirish doirasida bunday uchrashuvlar doimiy ravishda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.Kubanda 100 dan ortiq kiyim-kechak, to‘qimachilik, charm va charm mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadi.2022 yilda qo‘l mehnati yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazib berish hajmi oshib, 6,3 mlrd rublni tashkil etgan.Kuban ishlab chiqaruvchilari qo‘shni mamlakatlarga mahsulot yetkazib beradi. Ularning yuqori sifatli mato va iplarga ehtiyoji bor.O‘zbekiston tomoni har bir aniq korxona uchun takliflarni ishlab chiqishda yordam berishga hamda mamlakatda Kuban ishlab chiqaruvchilarining vakolatxonalarini yaratishga tayyor ekanligini bildirdi.Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda biznes missiyalarni o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20230306/toqimachilik-eksport-salohiyati-32685606.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/14/29303309_0:2:2727:2047_1920x0_80_0_0_3511c6d0490ddb014cf7c4a4dd60dbf5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston kuban rossiya to‘qimachilik mato
o‘zbekiston kuban rossiya to‘qimachilik mato
O‘zbekiston matolarini Kubanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beradi
Tomonlar O‘zbekistonda biznes missiyalarni o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga O‘zbekistondan mato va gazlama yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. Krasnodar o‘lkasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan masofaviy davra suhbatida tegishli kelishuvga erishildi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi ma’muriyati matbuot xizmati
xabar berdi. Kuban sanoat siyosati vaziri Dmitriy Xmelko hududning Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda yo‘l xaritasini amalga oshirish doirasida bunday uchrashuvlar doimiy ravishda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
Kubanda 100 dan ortiq kiyim-kechak, to‘qimachilik, charm va charm mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadi.
2022 yilda qo‘l mehnati yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazib berish hajmi oshib, 6,3 mlrd rublni tashkil etgan.
Kuban ishlab chiqaruvchilari qo‘shni mamlakatlarga mahsulot yetkazib beradi. Ularning yuqori sifatli mato va iplarga ehtiyoji bor.
O‘zbekiston tomoni har bir aniq korxona uchun takliflarni ishlab chiqishda yordam berishga hamda mamlakatda Kuban ishlab chiqaruvchilarining vakolatxonalarini yaratishga tayyor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda biznes missiyalarni o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olishdi.