Bolalarni poyabzal bilan urgan “bog‘cha opa” ishdan olindi — video

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishDetskiy sad
Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2023
Obuna bo‘lish
Ikki nafar bolani poyabzal bilan urgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida joylashgan oilaviy bog‘chada bolalarni poyabzal bilan urgan tarbiyachi ishdan olindi. Bu haqda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumani Ibrat mahallasida joylashgan Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida bog‘cha tarbiyachisi ikki nafar bolani poyabzal bilan urayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

“Yangiyo‘l tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hamda IIB xodimlari tomonidan tezkorlikda Ibrat MFYdagi "Ominaxon" nomli Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rganildi”, - deyiladi xabarda.

Aytilishicha, o‘rganish jarayonida tarbiyachini xulqi, ta’lim-tarbiya berishi, malaka talablariga noloyiq bo‘lganligi uchun ishdan bo‘shatish arizasi joyida olingan. Shuningdek, tadbirkorga ogohlantirish berilgan.
Yangiliklar lentasi
0