AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik o‘smir otishmada vafot etdi

© Depositphotos.com / BellanocheAQSh politsiyasi mashinasi, arxiv surat
AQSh politsiyasi mashinasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2023
Obuna bo‘lish
Politsiya xabariga ko‘ra, holat o‘smirlar o‘rtasida nizo sababli kelib chiqqan.
TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. AQShning Bruklin shahrida 15 yoshli o‘zbekistonlik bola otishmada halok bo‘ldi. Otishma uyushtirgan 17 yoshli o‘smir voqea joyidan yashiringan, deya xabar bermoqda "New York Times" nashri.
17 iyul kuni soat 13:00 atrofida yetti nafar bola boshqa bir guruh bolalar bilan ro‘baro‘ kelgan. O‘smirlardan biri boshqa bir bola bilan janjallashmoqchi bo‘lgan. Ikki guruh talabalari Franklin Delano Ruzvelt o‘rta maktabida tahsil olgan va bir-birini tanigan.
Politsiya xabariga ko‘ra, ikki guruh a’zolari do‘pposlashib, orani ochiq qilmoqchi bo‘lgan. Ikkinchi guruh vakili, 17 yoshli bola ko‘chaning narigi tomonidan guruh bo‘lib turgan bolalarga qurol chiqarib o‘q uzgan. 15 yoshli Faridun Mavlonovning yelkasiga o‘q tekkan va og‘ir ahvolda Maymoniddagi tibbiyot markaziga yetkazilgan. U 18-iyul kuni vafot etgan.
Nyu-York politsiyasi departamenti boshlig‘i Jeyms Essigning so‘zlariga ko‘ra, marhum shunchaki noto‘g‘ri vaqtda noto‘g‘ri joyda bo‘lgan. Jinoyatchi Mavlonovni emas, boshqa kishini nishonga olgan bo‘lgan.
Otishma uyushtirgan 17 yoshli bola esa voqea joyidan yashiringan. Ayni paytda qidiruv ishlari davom etmoqda.
Xabarda yozilishicha, 15 yoshli Faridun Mavlonovning oilasi 12-yil avval AQShga ko‘chib borgan. Mavlonov professional UFC jangchisi bo‘lishni orzu qilgan va Jeyms Medison o‘rta maktabi o‘quvchisi bo‘lgan.
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirib, mamlakatning Nyu-Yorkdagi konsulligi bu borada mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqada ekanini ma’lum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0