Tramp Ukraina mojarosini hal qilish rejasini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2023
Obuna bo‘lish
Donald Tramp Putin va Zelenskiyga nima demoqchi bo‘layotganini aytdi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosini 24 soat ichida tugatish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti "Fox News" telekanaliga tayanib xabar berdi.
Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervusida Ukraina mojarosini 24 soat ichida tugatish rejasini tushuntirdi.

"Bilasizmi, men Putin bilan juda yaxshi munosabatdaman. Men Putinga: "Siz buni hal qilishingiz kerak", degan bo‘lardim. Men Zelenskiyga: “Buni hal qilishingiz kerak”, degan bo‘lardim. Biriga ko‘p pul olishini, ikkinchisiga pul ololmasligini aytardim. Men 24 soat ichida kelishuvga erishgan bo‘lardim”, - deb tushuntirdi sobiq prezident.

Trampning ta’kidlashicha, Ukraina mojarosi "hech qachon sodir bo‘lmasligi kerak edi".
U Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning buzg‘unchi xususiyatiga ishora qilib, ularni zudlik bilan to‘xtatishni o‘z vazifasi deb bilishini qo‘shimcha qildi.

“Endi sizda yuz minglab o‘lik odamlar, yuz minglab vayronalar va vayron qilingan shaharlar bor. Bilmadim, siz shaharlarni raketa urilgandan keyin ko‘rganmisiz. Bu juda dahshatli”, - dedi u.

Tramp avvalroq Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, qon to‘kilishini 24 soat ichida to‘xtata olishiga va’da bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0