Toshkentning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi — ro‘yxat

© Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali Toshkent shahar
Toshkent shahar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2023
Obuna bo‘lish
Olmazor tumanining ayrim ko‘chalarida 12:00 ga qadar "svet" bo‘lmaydi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Bugun Toshkent shahar Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Olmazor tumanining ayrim MFYlarida elektr energiyasi soat tonggi 04:00 dan 12:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chirildi.
Hozirda tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/10/6 kV bo‘lgan "Bibliotechnaya" podstansiyasidagi mavjud elektr qurilmalarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Elektr ta’minoti o‘chirilgan hududlar:
"Achaobod" MFY;
"Chimboy" MFY;
"Qo‘shtut" MFY;
"Eski shahar" MFY;
"Guruch ariq" MFY.
Xabarda yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.
Yangiliklar lentasi
0