Rossiya raqamli rublga yana bir qadam yaqinlashdi

© Depositphotos / Aleksandrasova Finansoviy znak rublya na sifrovom fone
Finansoviy znak rublya na sifrovom fone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Federatsiya Kengashi raqamli rublni joriy etish bo‘yicha asosiy qonunni tasdiqladi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiyada raqamli rublni sinovdan o‘tkazish 2023-yilning avgust oyidan boshlanadi. Keng ko‘lamli emissiya esa 2025-yildan boshlanishi kutilmoqda.
Bu haqida Federatsiya Kengashi tomonidan bugun 2023-yilning 19-iyul kuni tasdiqlangan raqamli rublni joriy etish bo‘yicha asosiy qonunda aytib o‘tilgan. .

Raqamli rubl haqida asosiy faktlar:

raqamli rubl faqat Rossiya banki (Markaziy bank) tomonidan chiqariladi;
rossiyaliklar raqamli rubldan yoki milliy valyutaning an’anaviy naqd va naqdsiz shakllaridan foydalanishi mumkin;
raqamli rublning keng doiradagi emissiyasi 2025-yildan boshlanishi kutilmoqda;
️har bir mijoz - fuqaro yoki yuridik shaxs - raqamli rublda faqat bitta hamonga ega bo‘ladi, ammo bu mablag‘lardan istalgan bank orqali foydalanish mumkin bo‘ladi.
️raqamli rublli hamondan internetga ulanmasdan foydalanish mumkin bo‘ladi;
bir kishi oyiga 300 ming rublgacha raqamli formatga o‘tkazish mumkin bo‘ladi, ammo raqamli rubl platformasining ichida hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi;
️fuqarolar uchun raqamli rubl bilan operatsiyalar bepul bo‘ladi, do‘konlar uchun esa komissiya 0,3% dan oshmaydi;
️bank hisobida saqlanayotgan raqamli rubl uchun foiz to‘lanmaydi;
️kelajakda raqamli rubldan transchegaraviy to‘lovlar uchun ham foydalanish rejalashtirilgan;

Raqamli rublning eng asosiy ustuvorligi — xavfsizlik, noqonuniy daromad olishni cheklash, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘ladi. Chunki har bir raqamli rublning qayerdan kelib qayerga ketayotganini kuzatib borish mumkin bo‘ladi. Davlat xaridlari, ehtimol, faqat raqamli rublda bo‘ladi.

MB xabariga ko‘ra, kelajakda raqamli rubl eng xavfsiz to‘lov vositasiga aylanadi. Uning yordamida elektron shartnomalar tuzish mumkin bo‘ladi. Bunday shartnomalar sharti bajarilganidan so‘ng to‘lov amalga oshiriladi. Masalan, uy xarid qilganda, u davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng to‘lov amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0