https://oz.sputniknews.uz/20230719/ozbekiston-gruziya-bosh-vazirlar-hamkorlik-36967411.html
O‘zbekiston va Gruziya bosh vazirlari uchrashdi — hamkorlik qaysi sohalarda rivojlanadi?
O‘zbekiston va Gruziya bosh vazirlari uchrashdi — hamkorlik qaysi sohalarda rivojlanadi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Gruziyaga elektrotexnika mahsulotlari, avtomobillar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, sarhil va quruq meva-sabzavotlar, polimer va kimyo mahsulotlari yetkazib berishga tayyorligi bildirildi.
2023-07-19T09:54+0500
2023-07-19T09:54+0500
2023-07-19T11:04+0500
gruziya
o‘zbekiston
bosh vazir
abdulla aripov
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/13/36968126_0:41:1024:617_1920x0_80_0_0_1427c3cda043618fc41a922c4e3b7f58.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, deya xabar berdi O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati.Tbilisida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Yig‘ilishda O‘zbekiston tomoni Gruziyaga elektrotexnika mahsulotlari, avtomobillar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, sarhil va quruq meva-sabzavotlar, polimer va kimyo mahsulotlari yetkazib berishga tayyorligi bildirildi.Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda ikki davlat kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ko‘plab investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari ro‘yxati imzolash uchun tayyorlangan.Yig‘ilishda transport-logistika sohasidagi hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.Aytilishicha, yig‘ilish yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
gruziya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/13/36968126_74:0:950:657_1920x0_80_0_0_08258e434050e7a705ad45d36e08eb80.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston gruziya abdulla aripov irakliy garibashvili
o‘zbekiston gruziya abdulla aripov irakliy garibashvili
O‘zbekiston va Gruziya bosh vazirlari uchrashdi — hamkorlik qaysi sohalarda rivojlanadi?
09:54 19.07.2023 (yangilandi: 11:04 19.07.2023) O‘zbekiston Gruziyaga elektrotexnika mahsulotlari, avtomobillar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, sarhil va quruq meva-sabzavotlar, polimer va kimyo mahsulotlari yetkazib berishga tayyorligi bildirildi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, deya xabar berdi O‘zbekiston bosh vaziri
matbuot xizmati. Tbilisida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston tomoni Gruziyaga elektrotexnika mahsulotlari, avtomobillar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, sarhil va quruq meva-sabzavotlar, polimer va kimyo mahsulotlari yetkazib berishga tayyorligi bildirildi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda ikki davlat kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ko‘plab investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari ro‘yxati imzolash uchun tayyorlangan.
Yig‘ilishda transport-logistika sohasidagi hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.
“O‘zbekiston va Gruziyaning boy madaniy va tarixiy merosi turizm sohasini yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni ko‘paytirish uchun qulay zamin yaratmoqda. Buning uchun kelgusida birgalikda turlar tashkil etish, mehmonxona biznesida sayyohlik kompaniyalari va tuzilmalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur”, - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yig‘ilish yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.