O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bir qator soliqlardan ozod etiladigan bo‘ldi

© Sputnik/Abdubakir YunusovO‘zbekiston futbol terma jamoasi
O‘zbekiston futbol terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan daromad solig‘idan ozod etildi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bir qator soliqlardan ozod etiladi. Bu haqda Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchada nazarda tutilgan.
Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–857 sonli qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari qator soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
To‘lashdan ozod etilgan soliqlar:
barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini;
O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0