Abdulla Aripov Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta AzerbaydjanaPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev prinyal premyer-ministra Uzbekistana Abdullu Aripova.
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev prinyal premyer-ministra Uzbekistana Abdullu Aripova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakat hukumati delegatsiyasi Bokuda bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakat hukumati delegatsiyasi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev qabulida bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar qildi.
Suhbat avvalida Aripov Ozarbayjon prezidentiga davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘z navbatida, Ozarbayjon rahbari mamlakat yetakchisini va butun O‘zbekiston xalqini prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Aripov mamlakatda bo‘lib o‘tgan saylovdan so‘ng Shavkat Mirziyoyevni birinchi bo‘lib Ilhom Aliyev tabriklaganini bildirib, bu davlatlar rahbarlari va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik namunasi ekanini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar O‘rta yo‘lak hamda O‘zbekiston kompaniyalarining Ozarbayjondagi erkin iqtisodiy zonadagi faoliyati istiqbollari muhimligini ta’kidlashgan.
Aliyev Boku va Toshkent savdo-iqtisod, energetika, transport-logistika va sanoat va boshqa sohalarda yangi loyihalarga amalga oshirayotganini urg‘uladi.
Yangiliklar lentasi
0