Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

© Sputnik / Ilya PitalevPortfel chinovnika, foto iz arxiva
Portfel chinovnika, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2023
Obuna bo‘lish
Sanjar Obidov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Sanjar Obidov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi shahar hokimligi.
Obidov Sanjar Omonxo‘jayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sanjar Obidov 1986-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Toshkent moliya institutini va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.
Bugunga qadar qator mas’ul lavozimlarda –Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b bo‘lib ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0