Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2023
Obuna bo‘lish
Jidda shahrida “Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammit o‘tkaziladi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
"Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi", - deyilgan xabarda.
Jidda shahrida 18-19 iyul kunlari “Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammit o‘tkaziladi.
Uchrashuv kun tartibiga, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari kiritilgan. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi”da Saudiya Arabistoni Podshohligi, Bahrayn Podshohligi, Qatar Davlati, Kuvayt Davlati, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘mon Sultonligi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston rahbarlari hamda kengashning bosh kotibi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0