Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Qrimda 28 ta drondan iborat hujumni qaytarishdi

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishQrim, arxiv surat
Qrim, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2023
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi Qrimdagi dronlarning hujumi qaytarilganini ma’lum qildi, ulardan 17 tasi havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilindi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya harbiylari Qrim hududida 28 ta dron yordamida Kiyevning terakt uyushtirishga urinishini to‘xtatdi, deb xabar berdi RF Mudofaa vazirligi.
Ularning 17 tasi havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilingani, qolgan 11 tasi radioelektron kurash tizimdari yordamida bostirilgani ta’kidlangan.
Hujum natijasida qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari muntazam ravishda yarim orol hududiga, jumladan Sevastopolga pilotsiz uchar apparatlar bilan hujum qilishga urinmoqda.
Iyul oyi boshida Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev joriy yilda Kiyev Qrimga pilotsiz uchar apparatlar yordamida zarba berishga 70 dan ortiq urinishlar qilganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0