Qasos zarbasi berildi: Mudofaa vazirligining 17-iyul hisoboti

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota raschetov RSZO "Tornado-G" 1-y gvardeyskoy tankovoy armii ZVO v LNR.
Boyevaya rabota raschetov RSZO Tornado-G 1-y gvardeyskoy tankovoy armii ZVO v LNR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya kuchlari Odessa va Nikolayev viloyatida joylashgan kemasozlik zavodlari va yoqilg‘i omborlariga raketa zarbalari berdi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti, 18-iyul holatiga:

Bugun tunda Rossiya Qurolli Kuchlari ekipajsiz qayiqlardan foydalangan holda Rossiya Federatsiyasiga qarshi terrorchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgan obyektlarga, shuningdek, ular ishlab chiqarilgan korxonalarga, jumladan Odessa shahri yaqinidagi kemasozlik zavodiga, yuqori aniqlikdagi guruhli raketa zarbalari berdi.
Shuningdek, Nikolayev va Odessa shaharlari hududida umumiy hajmi taxminan 70 ming tonna bo‘lgan yoqilg‘i omborlari vayron qilindi. Ular UQK harbiy texnikasini yoqilg‘i bilan ta’minlangan.
Zarbalar rejalashtirilgan barcha nishonlar yetib bordi, vayron bo‘lgan obyektlarda yong‘inlar va portlashlar qayd etilgan.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi muvaffaqiyatli hujum operatsiyalarini davom ettirmoqda. Umumiy oldinga siljish front chizig‘i bo‘ylab ikki kilometrgacha va chuqurlikda bir yarim kilometrgacha edi.
Xarkov viloyatidagi Kalinovo, Berestovoe, Kislovka, Tabayevka va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida UQKga kuchlariga artilleriya zarbalari berildi. Kotlyarovka qishlog‘i yaqinida UQK 103-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Kun davomida dushmanning umumiy yo‘qotishlari 65 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta transport vositasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radarini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi kun davomida Pervomayskoe, Veseloe, Krasnogorovka, Mariinka va Klesheyevka aholi punktlari hududlarida dushmanning 12ta hujumini qaytardi.
DXRning Stupochki, Konstantinovka va Krasnoe aholi punktlari hududlarida dushman ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan joylarga zarba berildi. Krasnogorovka aholi punkti yaqinida UQKning 79-havo desant-shturm brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda dushman yo‘qotishlari 400 tagacha harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta pikap, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, Polshada ishlab chiqarilgan uchta "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, "Gvozdika", ikkita "MSTA-B" gaubitsasi, shuningdek D-20 va D-30 gaubitsalarini tashkil qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Chervonaya Dibrova va Makeyevka aholi punktlari hududlarida dushmanning ikkita hujumini qaytardi. Bu yo‘nalishda kun davomida 100ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomobil, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi Vladimirovka va Urojaynoe aholi punktlari hududlarida dushmanning uchta hujumini qaytardi.
Zaporoje yo‘nalishida Novodanilovka aholi punkti hududida Rossiya bo‘linmalari dushmanning uchta hujumini qaytardi. Malaya Tokmachka va Orexov aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan joylarga zarbalar berildi. Malaya Tokmachka va Uspenovka aholi punktlari hududlarida UQKning 23 va 33-mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Kun davomida ushbu hududlarda dushmanning 200 dan ortiq harbiy xizmatchisi, tanki, ikkita zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta pikap, MSTA-B gaubitsasi va D-44 to‘pini tashkil qildi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 50 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, to‘rtta pikap, ikkita MSTA-B gaubitsasi, shuningdek, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 98 ta pozitsiyalarda joylashgan 89 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining 3ta raketasini tutib oldi. Bundan tashqari, Tavoljanka, Jotneve, Novodrujesk, Berestovoe, Zaliman, Krasnaya gora, Podgorodnoe, Novogorovka, Gulyaypole, Mirnoe, Geroyskoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 43 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 455 ta samolyot, 242 ta vertolot, 5 090 ta uchuvchisiz apparat, 426 ta zenit-raketa tizimi, 10 740 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1139 raketa tizimlari texnikasi, 5504 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 11735 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0