https://oz.sputniknews.uz/20230718/ozbekiston-kinoijodkorlar-bishkek-festival-36934953.html
O‘zbekistonlik kinoijodkorlar Bishkekda o‘tadigan festivalda ishtirok etadi
O‘zbekistonlik kinoijodkorlar Bishkekda o‘tadigan festivalda ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
Festivalda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston kinematograflari qatnashadi.
2023-07-18T09:17+0500
2023-07-18T09:17+0500
2023-07-18T09:17+0500
madaniyat
qirg‘iziston
bishkek
o‘zbekiston
festival
film
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1318/54/13185485_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_ab9b2196d9b578377ce8d032f79d50c6.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Bishkekda MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya mamlakatlari XI qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqdaMDH Ijroiya qo‘mitasi xabar berdi. 2023-yilda kinofestival Chingiz Aytmatov tavalludining 95-yilligiga bag‘ishlanadi.Kinoforum ikkita dasturni o‘z ichiga oladi: xalqaro va milliy, hujjatli, animatsion va eksperimental filmlar kabi janrlar.Festival hakamlar hay’atiga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston kinematograflaridan 600 dan ortiq arizalar kelib tushgan. Filmlar MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziyaning taniqli kinoijodkorlari tomonidan baholanadi.Ma’lumot uchun, mazkur kinofestivalga 2010-yilda jamoat arbobi, rejissor, produser, Jogorku Kenesh deputati Sodiq Sher-Niyoz asos solgan. Festival o‘z faoliyati davomida yangi ijodiy yutuqlarni namoyish etish, o‘zaro fikr va tajriba almashish, Hamdo‘stlik mamlakatlari kinoijodkorlarining imkoniyatlari va qo‘shma loyihalarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.Tadbir MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo jamg‘armasi, Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligining Kinematografiya boshqarmasi, Qirg‘izistonning “Madaniy hamkorlik fondi” va “ Aytish fondi” jamoat tashkilotlari ko‘magida o‘tkazilmoqda.
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1318/54/13185485_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_a372613b951ced1f8d9173f0f500a7d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bishkek o‘zbekiston festival mdh, boltiqbo‘yi gruziya xi qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestival
bishkek o‘zbekiston festival mdh, boltiqbo‘yi gruziya xi qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestival
O‘zbekistonlik kinoijodkorlar Bishkekda o‘tadigan festivalda ishtirok etadi
Festivalda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston kinematograflari qatnashadi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Bishkekda MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya mamlakatlari XI qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqdaMDH Ijroiya qo‘mitasi
xabar berdi. 2023 yilda kinofestival Chingiz Aytmatov tavalludining 95-yilligiga bag‘ishlanadi.
Kinoforum ikkita dasturni o‘z ichiga oladi: xalqaro va milliy, hujjatli, animatsion va eksperimental filmlar kabi janrlar.
Festival hakamlar hay’atiga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston kinematograflaridan 600 dan ortiq arizalar kelib tushgan. Filmlar MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziyaning taniqli kinoijodkorlari tomonidan baholanadi.
Ma’lumot uchun, mazkur kinofestivalga 2010-yilda jamoat arbobi, rejissor, produser, Jogorku Kenesh deputati Sodiq Sher-Niyoz asos solgan. Festival o‘z faoliyati davomida yangi ijodiy yutuqlarni namoyish etish, o‘zaro fikr va tajriba almashish, Hamdo‘stlik mamlakatlari kinoijodkorlarining imkoniyatlari va qo‘shma loyihalarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.
Tadbir MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo jamg‘armasi, Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligining Kinematografiya boshqarmasi, Qirg‘izistonning “Madaniy hamkorlik fondi” va “ Aytish fondi” jamoat tashkilotlari ko‘magida o‘tkazilmoqda.