O‘zbekistonlik chavandozlar Rossiyadagi xalqaro musobaqada yuqori natijalarni qayd etishdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana O‘zbekistonlik chavandozlar Rossiyadagi xalqaro musobaqada yuqori natijalarni qayd etishdi

O‘zbekistonlik chavandozlar Rossiyadagi xalqaro musobaqada yuqori natijalarni qayd etishdi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchilar Moskva viloyatida joylashgan “Vivat Rossiya” ot sporti klubida 14-16 iyul kunlari navbatdagi xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lishdi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik chavandozlar Rossiyadagi xalqaro musobaqada yuqori natijalarni qayd etishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Moskva viloyatida joylashgan “Vivat Rossiya” ot sporti klubida 14-16 iyul kunlari navbatdagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan sara chavandozlar ishtirok etishdi.
Musobaqaning ikkinchi kunida 145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida Azam Tolibboyev “Bozart De Ruet” laqabli tulporida ikkinchi, Bekzod Qurbonov esa “Matts” bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Uchinchi kun bahslarida 125 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida Bahromjon Gaziyevga (“Ledi”) teng keladigani topilmadi. Shuningdek, aniqlikka asoslangan sakrash dasturida “Matts” Bekzod Qurbonovga yetakchilikni qo‘lga olishiga yordam berdi.
Musobaqaning yakuniy kunida Joker bilan 110 smdan sakrash yo‘nalishida Humoyun Abdullayev “Golden star” tulpori bilan uchinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 130 sm to‘siqdan iborat o‘rta aylana dasturida Xurshidbek Alimjonov “Chempions Ligas” bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Musobaqa Gran-prisi – 150 sm balandlikdagi katta aylanadan iborat to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi ham Bekzod Qurbonov hamda “ Matts ”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yangiliklar lentasi
0