Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kuchli portlash: Odessadagi port obyektlari zarar ko‘rdi

© Sputnik / Denis Petrov / Mediabankka o‘tishOdessa porti
Odessa porti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2023
Obuna bo‘lish
Bratchuk: Odessada port infratuzilmasi obyektlari shikastlandi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kecha tunda Odessa portidagi obyektlar raketa hujumi natijasida zarar ko‘rdi, bu haqda Odessa viloyati harbiy boshqarmasi huzuridagi jamoat kengashi rahbari Sergey Bratchuk ma’lum qildi.

Urib tushirilgan raketalarning bo‘laklari va portlash to‘lqini port infratuzilmasi obyektlariga zarar yetkazdi, — deyiladi nashr.

Ukraina OAVlari tomonidan e’lon qilingan videoga ko‘ra, portda kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Bundan tashqari, soat 01.50 atrofida Nikolayev shahridagi sanoat obyektida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Nikolayev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Vitaliy Kim.
Ukraina raqamli transformatsiya vazirligining onlayn xaritasiga ko‘ra, kechasi Ukrainaning Xarkov, Poltava, Dnepropetrovsk, Nikolayev va Odessa viloyatlarida havo trevogasi e’lon qilingan.
Yangiliklar lentasi
0