Buxoroda ekologiya inspektoriga o‘q uzgan brakonyerlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

© Press-slujba Generalnoy prokuraturi UzbekistanaGeneralnaya prokuratura Uzbekistana
Generalnaya prokuratura Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2023
Obuna bo‘lish
Qorovulbozor tumani prokuraturasi tomonidan brakonyerlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Buxoroda ekologiya inspektoriga o‘q uzgan brakonyerlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida 13-iyul kuni 2 nafar fuqaro ov qilish qoidalarini qasddan buzib, O‘zbekiston Qizil kitobiga qiritilgan “Jayron” kiyiklarini ovlayotgan vaqtida ularni to‘xtatmoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi xodimiga ov miltig‘idan o‘q uzib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan brakonyerlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Qorovulbozor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 202 (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorati o‘rgatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qorovulbozor tumanida noqonuniy ov qilayotgan brakonyer ekologiya inspektori Mirali Hojiyevga o‘q uzib, uning qo‘lidan yarador qilgani ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0