https://oz.sputniknews.uz/20230717/turkiya-bmt-rossiya-don-kelishuvi-36913598.html
Turkiya va BMT Rossiyani don bitimini uzaytirishga ko‘ndirishga urinmoqda – OAV
Turkiya va BMT Rossiyani don bitimini uzaytirishga ko‘ndirishga urinmoqda – OAV
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan yil 22-iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukraina don va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan o‘g‘itlarni eksport qilishni nazarda tutadi.
2023-07-17T11:02+0500
2023-07-17T11:02+0500
2023-07-17T11:02+0500
dunyoda
rossiya
turkiya
don bitimi
ukraina
odessa
bug‘doy
oziq-ovqat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/13/34075397_0:321:3072:2048_1920x0_80_0_0_280d297d52aed7ab1c15052df9e2d300.jpg
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Rossiyani don bitimi bo‘yicha muddatni uzaytirishga ko‘ndirmoqchi. Bitim muddati bugun, 17-iyul kuni, tugaydi, deya yozmoqda Turkiyaning "Aydınlık" nashri o‘z manbalariga tayanib.Turkiya bitim bitimini 17-iyuldan keyin uzaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni qilmoqda, Anqara esa ijobiy natija kutmoqda, deydi vitse-prezident Jevdet Yilmaz.Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin janubiy afrikalik hamkasbi Kiril Ramafosa bilan suhbatda Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini eksport qilish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganini ma’lum qilgandi. Suhbat chog‘ida Putin kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ya’ni muhtoj davlatlarga, jumladan, Afrika qit’asiga don yetkazib berish amalga oshirilmaganini ta’kidladi.Iyun oyi boshida Yevropa Ittifoqi Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Ittifoqning bir qator mamlakatlariga import qilish bo‘yicha cheklovlarni 15-sentabrgacha uzaytirdi. Ma’lum qilinishicha, qarorga ko‘ra, mahsulotlarning erkin muomalasiga Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Slovakiyadan tashqari faqat Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda ruxsat berilgan. Gap bug‘doy, makkajo‘xori va kungaboqar urug‘i haqida ketmoqda. Mart oyi oxirida qator Yevropa Ittifoqi davlatlarining bosh vazirlari Ukrainadan g‘alla oqimi tufayli yuzaga kelgan inqirozga aralashish iltimosi bilan Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenga murojaat qilishdi.O‘tgan yil 22-iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukraina don va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan, Odessadan o‘g‘itlarni eksport qilishni nazarda tutadi. Kema harakatini muvofiqlashtirish bilan Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi shug‘ullanadi. Putinning ta’kidlashicha, G‘arb Ukraina donining ko‘p qismini muhtoj Afrika davlatlariga emas, balki o‘z davlatlariga eksport qiladi. Don tashabbusi paketli bitimning ajralmas qismi hisoblanadi. Ikkinchi qism - uch yilga mo‘ljallangan Rossiya-BMT memorandumi Rossiyaning oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportini blokdan chiqarishni nazarda tutadi, asosiy vazifalar qatorida “Rosselxozbank”ni SWIFT tizimiga qayta ulash, qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni qayta tiklash, ehtiyot qismlar va xizmatlar, Tolyatti-Odessa ammiak quvurini tiklash va boshqa bir qator tadbirlar ham bor. Rossiya tomoni vakillari ta’kidlaganidek, paketli kelishuvning ushbu qismi hozircha bajarilmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20230518/rossiya-don-bitimini-songgi-bor-uzaytirdi-35081806.html
turkiya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/13/34075397_108:0:2839:2048_1920x0_80_0_0_9d92630d434e14ac8c926cf76267190e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkiya bmt rossiya don kelishuvi don bitimi ukraina
turkiya bmt rossiya don kelishuvi don bitimi ukraina
Turkiya va BMT Rossiyani don bitimini uzaytirishga ko‘ndirishga urinmoqda – OAV
Rossiya don bitimi doirasida Rossiyaga oid qismlari hanuzgacha amalga oshirilmaganini ta’kidlab keladi.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Rossiyani don bitimi bo‘yicha muddatni uzaytirishga ko‘ndirmoqchi. Bitim muddati bugun, 17-iyul kuni, tugaydi, deya yozmoqda Turkiyaning "Aydınlık" nashri o‘z manbalariga tayanib.
Turkiya bitim bitimini 17-iyuldan keyin uzaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni qilmoqda, Anqara esa ijobiy natija kutmoqda, deydi vitse-prezident Jevdet Yilmaz.
“Rossiya bir necha bor kelishuv doirasidagi “barcha hal qilinmagan masalalar” hal etilmasa, kelishuvni bekor qilishini aytgan. Turkiya va BMT Rossiyani o‘tgan yilning may oyida erishilgan va ikki oyga uzaytirilgan kelishuvni uzaytirishga ishontirishga harakat qilmoqda”, - deya yozmoqda nashr. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin janubiy afrikalik hamkasbi Kiril Ramafosa bilan suhbatda Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini eksport qilish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganini ma’lum qilgandi. Suhbat chog‘ida Putin kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ya’ni muhtoj davlatlarga, jumladan, Afrika qit’asiga don yetkazib berish amalga oshirilmaganini ta’kidladi.
Iyun oyi boshida Yevropa Ittifoqi Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Ittifoqning bir qator mamlakatlariga import qilish bo‘yicha cheklovlarni 15-sentabrgacha uzaytirdi. Ma’lum qilinishicha, qarorga ko‘ra, mahsulotlarning erkin muomalasiga Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Slovakiyadan tashqari faqat Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda ruxsat berilgan. Gap bug‘doy, makkajo‘xori va kungaboqar urug‘i haqida ketmoqda. Mart oyi oxirida qator Yevropa Ittifoqi davlatlarining bosh vazirlari Ukrainadan g‘alla oqimi tufayli yuzaga kelgan inqirozga aralashish iltimosi bilan Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenga murojaat qilishdi.
O‘tgan yil 22-iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukraina don va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan, Odessadan o‘g‘itlarni eksport qilishni nazarda tutadi. Kema harakatini muvofiqlashtirish bilan Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi shug‘ullanadi. Putinning ta’kidlashicha, G‘arb Ukraina donining ko‘p qismini muhtoj Afrika davlatlariga emas, balki o‘z davlatlariga eksport qiladi. Don tashabbusi paketli bitimning ajralmas qismi hisoblanadi. Ikkinchi qism - uch yilga mo‘ljallangan Rossiya-BMT memorandumi Rossiyaning oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportini blokdan chiqarishni nazarda tutadi, asosiy vazifalar qatorida “Rosselxozbank”ni SWIFT tizimiga qayta ulash, qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni qayta tiklash, ehtiyot qismlar va xizmatlar, Tolyatti-Odessa ammiak quvurini tiklash va boshqa bir qator tadbirlar ham bor. Rossiya tomoni vakillari ta’kidlaganidek, paketli kelishuvning ushbu qismi hozircha bajarilmagan.