Toshkentda “Nexia-3” uch qavatli ko‘prik to‘sig‘iga borib urildi

© Press-slujba UBDD GUVD stolisiNexia probila ograjdenie na troxurovnevoy razvazke v Tashkente
Nexia probila ograjdenie na troxurovnevoy razvazke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
Mirzo Ulug‘bek tumanida "Nexia-3" haydovchisi TAPOiCh ko‘prikdagi beton to‘siqqa borib urildi. Hech kim jabrlanmagan.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Nexia-3” ko‘prik to‘sig‘ini buzib o‘tdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 17-iyul kuni soat 04:10 larda tumanning Parkent ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichda ro‘y bergan. 21 yoshli “Nexia-3” haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.
YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0