Sport kurashlari bo‘yicha OCh: O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi

© NOK UzbekistanaSport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar jamoasi
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yunon-rum kurashi yo‘nalishida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Iordaniyaning Ammon shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi. Bu haqda respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yunon-rum kurashi yo‘nalishida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Bu natija bilan O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin esa Eronga nasib qilgan.
G‘olib va sovrindorlar bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar:
Oltin medal:
-55 kg: Alisher G‘aniyev
-63 kg: Husniddin Olimboyev
-72 kg: Abdullo Aliyev
-77 kg: Azimjon Soatullayev
Kumush medal:
-67 kg: Ilosjon Abdinazarov
-97 kg: Damirxon Rahmatov
Bronza medal:
-60 kg: Quvonchbek Yaxshiboyev
-87 kg: Abdulloh Abdumutalibov
Yangiliklar lentasi
0