Qrim ko‘prigida terakt: ayni damda nimalar ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishObstanovka u Krimskogo mosta posle ChP
Obstanovka u Krimskogo mosta posle ChP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘prikning avtomobil yo‘lida ikki oraliq qismi jiddiy shikastlangan, temir yo‘l va ustunlarga shikast yetmagan.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik, Andrey Kos. Bugun tunda Kiyev rejimi Qrim ko‘prigiga yana bir zarba berdi. Hujum ikkita uchuvchisiz qayiq yordamida amalga oshirilgan. Ko‘prikning avtomobil yo‘l qismi buzilgan, harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

"Don bitimi" niqobi ostida

Dushanba kuni ertalab Qrim rahbari Sergey Aksonov Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi ko‘prikning 145-ustuni yaqinidagi favqulodda holat haqida xabar berdi, lekin tafsilotlar hali ma’lum emasdi. Avtotransport harakati to‘xtatildi.
Kiyev tungi soat uchda Qrim ko‘prigiga ikkita suv ustida harakatlanuvchi dronlar bilan hujum qildi.
Hodisa oqibatida Belgorodlik er-xotin halok bo‘ldi. Ularning qizi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Keyinroq shifokorlar uning ahvoli barqaror ekanligini aniqlashdi.
Tafsilotlar kun davomida qo‘shildi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘prikning ikki oraliq qismi jiddiy shikastlangan, temir yo‘l va ustunlarga shikast yetmagan.
Rossiya tergov qo‘mitasi va Milliy aksilterror qo‘mitasi buni terakt sifatida baholashdi. Ular bunda Ukrainani ayblashdi. Rasmiy Kiyev sukut saqlamoqda. Biroq, Kiyev Bosh razvedka boshqarmasi voqeani quyidagicha izohladi: “Qrim ko‘prigi keraksiz tuzilma”. Va xalq deputati Oleksiy Goncharenko ushbu hodisa "tashkilotchilar va ijrochilarni davlat mukofotlariga topshirishga" chaqirdi.
“Qrim ko‘prigidagi terakt "Don bitimi" tufayli ochilgan xavfsiz yo‘lak orqali amalga oshirilganini inkor etib bo‘lmaydi, - dedi Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin.
“Gumanitar yo‘lakdan Kiyev rejimi tomonidan muntazam ravishda teraktlar uchun foydalaniladi: yilda. Oktabrda, keyin esa mart va aprelda uchuvchisiz qayiqlar Qora dengiz floti va fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilishga urindi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Qora dengiz tashabbusi 18-iyuldan to‘xtatilishini ma’lum qildi. Istanbuldagi qo‘shma muvofiqlashtirish markazi tarqatib yuboriladi. Moskva navigatsiya xavfsizligi kafolatlarini bekor qiladi, dengiz gumanitar koridorini yopadi va Qora dengiz shimoli-g‘arbiy qismida vaqtinchalik xavfli hudud rejimini tiklaydi.

Dronlar bilan ishlash tajribasi

Teraktni amalga oshirish uchun suv motosikli asosida yasalgan ikkita masofadan turib boshqariladigan dronlardan foydalanilgan. Ukraina oldinroq huddi shunday dronlar bilan Qora dengiz floti infratuzilmasiga bir necha bor hujum qilgan edi. Oxirgi marta 16-iyul kuni.
Ular dengizdagi kemalarga ham zarar yetkazishga urinigan. Masalan, "Turk oqimi" va "Moviy oqim" gaz quvurlari xavfsizligini ta’minlaydigan "Ivan Xurs"ga kemasiga hujum qilingan edi. Ekipaj dronni o‘z vaqtida pulemotlar yordamida yo‘q qilgan.
Mudofaa vazirligi 11-iyun kuni esa dron yana bir kema "priazovye" ga dron hujimi aks etgan videoni tarqatgan edi. U havo va dengizdagi nishonlarini to‘rt kilometrgacha bo‘lgan masofasida yo‘q qilishi mumkin.

Muqobil yo‘l

Qrim ko‘prigidagi terakt turistik mavsumining qizg‘in pallasida sodir bo‘ldi. Rasmiylar shoshilinch ravishda Kerch bo‘g‘ozi orqali paromni ishga tushirdi. Keyingi bir necha soat ichida oraliqlardan biri bo‘ylab teskari harakatni ochish mumkin.
Muqobil yo‘nalish sifatida Rostov viloyati - Mariupol - Berdansk - Melitopol - Jankoy yo‘nalishini taklif qilishdi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uch viloyat, "Djankoy" nazorat-o‘tkazish punktidan Rostov viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktigacha bo‘lgan yo‘l besh-olti soat davom etadi.
Zaporoje va Xerson viloyatlari hukumati fuqarolik avtoulovchilari uchun xavflarni minimallashtirish uchun qo‘shimcha havo mudofaa tizimlarini ajratadi. DXR rahbari Denis Pushilin tranzit tunu-kun bo‘lishini aytdi. Buning uchun komendantlik soati harbiy holat tufayli yangi hududlarda ishlayotgan butun yo‘nalish bo‘ylab bekor qilinadi.
O‘zingiz bilan pasport, bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va mashina uchun hujjatlarni olib ketishingiz kerak. Ular Azov qirg‘og‘i bo‘ylab yo‘nalish yuqori sifatli ekanligini ta’kidlashadi. Ammo yo‘l bo‘yi infratuzilmasi yetarli emas, shuning uchun siz oziq-ovqat va suv va yoqilg‘i zahiralari kerak bo‘lishi mumkin. Yangi hududlardan o‘tuvchi yo‘nalish Qrim ko‘prigidagi yo‘l ta’mirlanmaguncha ishlaydi.
Yangiliklar lentasi
0