https://oz.sputniknews.uz/20230717/qrim-koprigi-qanday-shikatslangan-36919639.html
Qrim ko‘prigi qanday shikastlangan — video
Qrim ko‘prigi qanday shikastlangan — video
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan yilgi teraktda Qrim ko‘prikning ustunlar orasida joylashgan ikkita bo‘lagi qulab tushgan edi.
2023-07-17T15:32+0500
2023-07-17T15:32+0500
2023-07-17T15:32+0500
rossiya
ukraina
qrim
ko‘prik
terakt
sbu
video
multimedia
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/11/36918850_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_0a2d6899cb423a88600a8a8ca35e0211.jpg
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Bugun tungi soat 3 lar atrofida Qrim ko‘prigiga ikkita uchuvchisiz apparat hujum qildi. Hujum oqibatida ko‘prikning bir qismi shikastlangan va ayni damda unda avtomobil harakati to‘xtatilgan. Qrim rahbari Aksonovning ma’lum qilishiga ko‘ra, Qrim ko‘prigining 145-ustuni yaqinidagi bo‘lagi shikastlangan. "Qrim 24" telekanali tarqatgan videolavhalarga ko‘ra, ko‘prikning bir qismi cho‘kkan. Rossiya Tergov qo‘mitasi ushbu hodisani terakt deb baholadi. Hodisa oqibatida Belgorod viloyatidan bo‘lgan bir erkak va bir ayol halok bo‘ldi, ularning qizi esa o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan.Holat yuzasidan “Terrorchilik harakati” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi "Ukraina maxsus xizmatlari va qurolli tuzilmalari orasidan" tashkilotchilar va ijrochilarni aniqlaydi. Ayni damda mutaxassislar portlash sodir bo‘lgan joyda ashyoviy dalillarni to‘plamoqda. Ukraina maxsus xizmati Qrim ko‘prigiga hujum uyushtirilganini deyarli tan oldi. Ukraina Oliy Radasi esa bu ishni uyushtirganlarga davlat mukofotini berishni taklif qildi.Eslatib o‘tamiz, bu Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan ikkinchi hujum bo‘ladi. O‘tgan yilning oktabr oyida Ukraina maxsus xizmatlari ko‘prikda portlash uyushtirgan edi. O‘shanda ko‘prikning ustunlar orasida joylashgan ikkita bo‘lagi qulab tushgan va to‘rt nafar tinch aholi halok bo‘lgan edi. Bu safar bir bo‘lagi singan.
ukraina
qrim
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sbor oblomkov i osmotr mesta ChP: rabota sledovateley na Krimskom mostu
Sputnik O‘zbekiston
Sbor oblomkov i osmotr mesta ChP: rabota sledovateley na Krimskom mostu
2023-07-17T15:32+0500
true
PT0M26S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/11/36918850_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_0c0dc44a60fa69b5a61583743b8e34e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
terakt qrim ko‘prik ukraina maxsus kuchlar
terakt qrim ko‘prik ukraina maxsus kuchlar
Qrim ko‘prigi qanday shikastlangan — video
Ukraina maxsus kuchlari tomonidan Qrim ko‘prigiga bugun tunda uyushtirilgan hujum tafsilotlari.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Bugun tungi soat 3 lar atrofida Qrim ko‘prigiga ikkita uchuvchisiz apparat hujum qildi. Hujum oqibatida ko‘prikning bir qismi shikastlangan va ayni damda unda avtomobil harakati to‘xtatilgan.
Qrim rahbari Aksonovning ma’lum qilishiga ko‘ra, Qrim ko‘prigining 145-ustuni yaqinidagi bo‘lagi shikastlangan. "Qrim 24" telekanali tarqatgan videolavhalarga ko‘ra, ko‘prikning bir qismi cho‘kkan.
Rossiya Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘prik ustunlariga shikast yetmagan, shuningdek, ko‘prikning temiryo‘l qismiga ham zarar yetmagan. Ayni damda undan poyezdlar harakati qayta tiklangan. Haydovchilarga yangi hududlar orqali aylanma yo‘lni bosib o‘tish tavsiya etiladi. Parom xizmati ishlamoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi ushbu hodisani terakt deb baholadi. Hodisa oqibatida Belgorod viloyatidan bo‘lgan bir erkak va bir ayol halok bo‘ldi, ularning qizi esa o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan “Terrorchilik harakati” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi "Ukraina maxsus xizmatlari va qurolli tuzilmalari orasidan" tashkilotchilar va ijrochilarni aniqlaydi. Ayni damda mutaxassislar portlash sodir bo‘lgan joyda ashyoviy dalillarni to‘plamoqda.
Ukraina maxsus xizmati Qrim ko‘prigiga hujum uyushtirilganini deyarli tan oldi. Ukraina Oliy Radasi esa bu ishni uyushtirganlarga davlat mukofotini berishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, bu Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan ikkinchi hujum bo‘ladi. O‘tgan yilning oktabr oyida Ukraina maxsus xizmatlari ko‘prikda portlash uyushtirgan edi. O‘shanda ko‘prikning ustunlar orasida joylashgan ikkita bo‘lagi qulab tushgan va to‘rt nafar tinch aholi halok bo‘lgan edi. Bu safar bir bo‘lagi singan.