Qozog‘iston O‘zbekistondan yuk tranziti uchun tariflarni pasaytirishni so‘radi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishPunkt tamojennogo oformleniya na granitse
Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga temir yo‘l orqali tranzit tashishda imtiyozlar berishni so‘ramoqda.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Qozog‘iston O‘zbekistondan Afg‘onistonga yuk tranziti uchun tarif imtiyozlarini so‘radi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Ostonada O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi ishchi guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda Qozog‘iston un mahsulotlarining O‘zbekiston hududi orqali tranziti uchun tariflarni pasaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hududi orqali Qozog‘istondan Afg‘onistonga un eksporti hajmi tarixiy maksimal darajada 2017-yilda 1209 ming tonnaga yetgan. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada kamaydi: 2021-yilda - 536 ming tonna, 2022-yilda - 816 ming tonna. Joriy yilning 6 oyi davomida – atigi 275 ming tonna.
“Qozog‘istonning Afg‘onistonga un eksporti bo‘yicha salmoqli salohiyatini hisobga olib, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga temir yo‘l orqali tranzit tashishda bazaviy tarifga imtiyozlar berish imkoniyatini ko‘rib chiqish iltimosi bilan O‘zbekiston tomoniga murojaat qildi”, - deyilgan xabarda.
Uchrashuvda temir yo‘l tashuvlari uchun qulay tarif shartlarini muhokama qilish va aniq takliflar ishlab chiqish uchun qo‘shma ekspert ishchi guruhini tuzishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0