Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi

© IA "Dunyo"V Tashkent iz Yegipta dostavili ocherednuyu partiyu preparatov ot gepatita S
V Tashkent iz Yegipta dostavili ocherednuyu partiyu preparatov ot gepatita S - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
Dorilarni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti bemorlarga taqsimlab beradi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Misr hukumati O‘zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratgan gepatit S ga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining o‘ninchi qismi Toshkentga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Jami 114 ta qutida 3 ming donadan ortiq dori vositalari keltirilgan. Ularni O‘zbekiston SSV huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti bemorlarga taqsimlab beradi.
Misr insonparvarlik yordamini O‘zbekiston prezidentining 20–21 fevral kunlari bu mamlakatga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston rahbari o‘zining saylovoldi dasturida gepatit C kasalligi 100 foiz davlat hisobidan davolanishini ma’lum qilgan.
2021 yilda O‘zbekistonda gepatit S ni bartaraf etish bo‘yicha milliy dastur ishga tushirilgan. Dastur maqsadi – 2030-yilgacha mamlakatda gepatit S bilan kasallanishni yo‘q qilish.
Aholi gepatit V va S turlariga skrining tekshiruvdan o‘tkaziladi
Gepatit S xavfliligi nimada, u odatda qanday yuqadi va qaysi hollarda kasallikni davolash qiyin - Virusologiya instituti direktori Erkin Musabayevning Sputnik muxbiriga bergan intervyusida shu savollarga javob topishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0