"Don bitimi" to‘xtatildi — Kreml

© AP Photo / Efrem LukatskyVigruzka zerna v zernoxranilishe v sele Zgurovka, Ukraina, 9-avgusta 2022 goda.
Vigruzka zerna v zernoxranilishe v sele Zgurovka, Ukraina, 9-avgusta 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
Putin: Bitimning asosiy maqsadi — Ukraina donini ehtiyojmand davlatlarga yetkazib berish bajarilmadi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. G‘alla bo‘yicha Qora dengiz tashabbusi yoki "don bitimi" to‘xtatildi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. RIA Novosti xabariga asosan.

“Qora dengiz kelishuvlari bugun o‘z kuchini to‘xtatadi. Rossiya prezidenti avval aytganidek, oxirgi muddat 17-iyul. Afsuski, Qora dengiz kelishuvlarining Rossiyaga taalluqli qismi hozirgacha bajarilmadi. Endi uning amal qilishi tugatildi ", - dedi Kreml vakili.

Peskovning aytishiga ko‘ra, "don bitimi"ning Rossiyaga tegishli qismi bajarilishi bilanoq, Moskva darhol "ushbu kelishuvni yangilashi mumkin".
Rossiya TIV maxsus vakili Mariya Zaxarovaning ma’lum qilishicha, Rossiya Turkiya, Ukraina va BMTni "don bitimi"ni uzaytirmasligi haqida rasman xabardor qilgan.
Vladimir Putin o‘tgan shanba kuni Janubiy Afrika prezidenti Kiril Ramafosa bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda "don bitimi"ning ajralmas qismi bo‘lgan, Rossiya oziq-ovqatlari va o‘g‘itlarini eksport qilish bo‘yicha to‘siqlar olib tashlanmaganini hamda g‘alla bo‘yicha kelishuvning asosiy maqsadi - g‘allani ehtiyojmand mamlakatlarga yetkazib berish amalga oshmay qolganini ta’kidlagan edi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil 22-iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukraina g‘allasini, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali eksport qilishni nazarda tutgan edi.
Bu paket bitimining bir qismi edi. Ikkinchi qism, uch yillik Rossiya-BMT memorandumi, Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘it eksportini blokirovka qilishni, "Rosselxozbank"ni SWIFT tizimiga qayta ulashni, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlarini yetkazib berishni qayta tiklashni, Tolyatti-Odessa ammiak quvuri faoliyatini qayta tiklashni nazarda tutgan edi. Lekin keyinchalik shartnomaning Rossiyaga tegishli qismi nafaqat bajarilmay qoldi, balkim ammiak quvurining Ukraina hududidan o‘tgan qismi portlatib yuborildi.
Yangiliklar lentasi
0