Aburituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan OTM qaysi?

© unsplash.com/Element5 DigitalDevushka derjit v ruke uchebniki.
Devushka derjit v ruke uchebniki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
Bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun OTMlarda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 711 653 nafar.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Oliy ta’lim vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra eng ko‘p abituriyentlar birinchi ta’lim yo‘nalishi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar quyidagilar:
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
1.
O‘zbekiston milliy universiteti — 27 388 nafar;
2.
Farg‘ona davlat universiteti — 21 274 nafar;
3.
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 21 032 nafar;
4.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 20 888 nafar;
5.
Toshkent davlat transport universiteti — 20 808 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik, quyidaglar: Qashqadaryo viloyati — 82 730 nafar, Samarqand viloyati — 81 056 nafar, Farg‘ona viloyati — 67 279 nafar, Toshkent viloyati — 62 333 nafar, Surxondaryo viloyati — 58 125 nafar.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 711 653 nafar, 17-iyul soat 09:00 holatiga.
Eslatib o‘tamiz, 2023/24 o‘quv yilida O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun hujjat qabul qilish 20-iyulga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, bakalavriat yo‘nalishiga O‘zbekiston bo‘yicha 2023/24 o‘quv yilida jami 34860 budjet o‘rinlari ajratilgan.
Yangiliklar lentasi
0