https://oz.sputniknews.uz/20230716/simonyan-suiqasd-ukraina-maxsus-xizmati-36901575.html
Simonyanga suiqasd uyushtirishga uringan Ukraina maxsus xizmati odamlari qo‘lga olindi - video
Simonyanga suiqasd uyushtirishga uringan Ukraina maxsus xizmati odamlari qo‘lga olindi - video
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina maxsus xizmatining “Rossiya segodnya” XAA va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan va jurnalist Kseniya Sobchakka suiqasd uyushtirishga uringan xatti-harakatlarining oldini oldi.
2023-07-16T11:23+0500
2023-07-16T11:23+0500
2023-07-16T11:23+0500
rossiya
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx)
margarita simonyan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/10/36901728_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_f5a3d1cf0aa3f9f37f52dac8e39f6f6b.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina maxsus xizmatining “Rossiya segodnya” XAA va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan va jurnalist Kseniya Sobchakka qarshi suiqasd uyushtirishga uringan xatti-harakatlarining oldini oldi.FXX ma’lumotlariga ko‘ra, 14-iyul kuni Moskvada va Razan viloyatida “Paragraf-88” neonatsist guruhining a’zolari qo‘lga olingan. Ular Simonyan va Sobchakning yashash va ishlash joyilarini razvedka qilishgan.Tergov harakatlari chog‘ida qo‘lga olingan guruh a’zolari Ukraina Xavfsizlik xizmatining topshirig‘iga binoan suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishganini tan olishgan. Har bir qotillik uchun ularga 1,5 million rubl mukofot va’da qilingan. Tintuv paytida qo‘lga olinganlardan Kalashnikov avtomati, uning 90 ta patroni, pichoq, kasteta, rezina tayoq, kishan, natsistlar ramzi tushirilgan bayroqlar, natsistlar g‘oyasi yo‘g‘rilgan adabiyot hamda ularning jinoiy niyatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar bo‘lgan aloqa vositalari va kompyuterlar olib qo‘yilgan.Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina maxsus xizmatlarining Simonyan va Sobchakka qarshi uyushtirmoqchi bo‘lgan urinishi yana bir bor Kiyev rejimining terrorchi mohiyatini ko‘rsatishini ma’lum qildi.Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tegishli xalqaro tashkilotlarning bunga bildirgan munosabatini kutmasa ham bo‘ladi.“Patalogik ikkiyuzlamachilik allaqachon G‘arb liberalizmining siyosiy an’anasi va uning tug‘ma refleksiga aylangan”, - deya qayd etgan diplomat.Rossiya TIV rasmiy vakili gap “g‘arblik kuratorlar vasiylik qilayotgan Kiyev rejimi tashkil qilgan” fuqarolarga nisbatan navbatdagi terrorchilik hujumiga urinish haqida borayotganini ta’kidlagan.“Hozir huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa tafsilotlarini aniqlashtirmoqda, ammo hozirdanoq ravshanki, amalga oshmagan suiqasd sababi rossiyalik jurnalistlarning kasbiy faoliyati bo‘lgan”, - degan Zaxarova.U Simonyanga muntazam ravishda tahdid qilinayotganiga e’tibor qaratgan. Bu Ukraina maxsus xizmatining unga qarshi uyushtirmoqchi bo‘lgan birinchi suiqasdi emas.Zaxarova Ukraina uyushtirgan teraktlarni eslatib o‘tgan. Xususan, 2022-yil 20-avgust kuni Moskva viloyatida jurnalist Darya Dugina avtomobili portlatib yuborildi, u halok bo‘ldi. 2023-yil 2-aprel kuni Sankt-Peterburgdagi portlashda harbiy muxbir Vladen Tatarskiy (asl ismi Maksim Fomin) halok bo‘ldi. 6-may kuni Nijniy Novgorod viloyatida yozuvchi Zaxar Prilepin bo‘lgan avtomobil portlatib yuborildi. Oqibatda uning qo‘riqchisi halok bo‘ldi, Prilepinning o‘zi esa yarador bo‘ldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, barcha bu teraktlarni uyushtirishda Ukraina maxsus xizmatining qo‘li bor.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Zaderjanie neonatsistov, gotovivshix pokushenie na Margaritu Simonyan
Sputnik O‘zbekiston
Video SOS FSB Rossii o predotvrashenii podgotovki ukrainskimi spesslujbami ubiystva Margariti Simonyan.
2023-07-16T11:23+0500
true
PT2M29S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/10/36901728_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_cad1a87b55554951aea7f61a6be7ca76.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fsb margarita simonyan kseniya sobchak suiqasd pokushenie
fsb margarita simonyan kseniya sobchak suiqasd pokushenie
Simonyanga suiqasd uyushtirishga uringan Ukraina maxsus xizmati odamlari qo‘lga olindi - video
Moskvada va Razan viloyatida Ukraina Xavfsizlik xizmati topshirig‘i bilan suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan “Paragraf-88” neonatsist guruhining a’zolari qo‘lga olingan.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina maxsus xizmatining “Rossiya segodnya” XAA va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan va jurnalist Kseniya Sobchakka qarshi suiqasd uyushtirishga uringan xatti-harakatlarining oldini oldi.
FXX ma’lumotlariga ko‘ra, 14-iyul kuni Moskvada va Razan viloyatida “Paragraf-88” neonatsist guruhining a’zolari qo‘lga olingan. Ular Simonyan va Sobchakning yashash va ishlash joyilarini razvedka qilishgan.
Tergov harakatlari chog‘ida qo‘lga olingan guruh a’zolari Ukraina Xavfsizlik xizmatining topshirig‘iga binoan suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishganini tan olishgan. Har bir qotillik uchun ularga 1,5 million rubl mukofot va’da qilingan. Tintuv paytida qo‘lga olinganlardan Kalashnikov avtomati, uning 90 ta patroni, pichoq, kasteta, rezina tayoq, kishan, natsistlar ramzi tushirilgan bayroqlar, natsistlar g‘oyasi yo‘g‘rilgan adabiyot hamda ularning jinoiy niyatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar bo‘lgan aloqa vositalari va kompyuterlar olib qo‘yilgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina maxsus xizmatlarining Simonyan va Sobchakka qarshi uyushtirmoqchi bo‘lgan urinishi yana bir bor Kiyev rejimining terrorchi mohiyatini ko‘rsatishini ma’lum qildi.
“Bo‘lib o‘tayotgan voqealar yana bir bor qator teraktlar uchun javobgar Vladimir Zelenskiy (Ukraina prezidenti – tahr.) rejimining terrorchi mohiyatini ko‘rsatadi”, - deyiladi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova
bayonotida. Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tegishli xalqaro tashkilotlarning bunga bildirgan munosabatini kutmasa ham bo‘ladi.
“Patalogik ikkiyuzlamachilik allaqachon G‘arb liberalizmining siyosiy an’anasi va uning tug‘ma refleksiga aylangan”, - deya qayd etgan diplomat.
Rossiya TIV rasmiy vakili gap “g‘arblik kuratorlar vasiylik qilayotgan Kiyev rejimi tashkil qilgan” fuqarolarga nisbatan navbatdagi terrorchilik hujumiga urinish haqida borayotganini ta’kidlagan.
“Hozir huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa tafsilotlarini aniqlashtirmoqda, ammo hozirdanoq ravshanki, amalga oshmagan suiqasd sababi rossiyalik jurnalistlarning kasbiy faoliyati bo‘lgan”, - degan Zaxarova.
U Simonyanga muntazam ravishda tahdid qilinayotganiga e’tibor qaratgan. Bu Ukraina maxsus xizmatining unga qarshi uyushtirmoqchi bo‘lgan birinchi suiqasdi emas.
Zaxarova Ukraina uyushtirgan teraktlarni eslatib o‘tgan. Xususan, 2022-yil 20-avgust kuni Moskva viloyatida jurnalist Darya Dugina avtomobili portlatib yuborildi, u halok bo‘ldi. 2023-yil 2-aprel kuni Sankt-Peterburgdagi portlashda harbiy muxbir Vladen Tatarskiy (asl ismi Maksim Fomin) halok bo‘ldi. 6-may kuni Nijniy Novgorod viloyatida yozuvchi Zaxar Prilepin bo‘lgan avtomobil portlatib yuborildi. Oqibatda uning qo‘riqchisi halok bo‘ldi, Prilepinning o‘zi esa yarador bo‘ldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, barcha bu teraktlarni uyushtirishda Ukraina maxsus xizmatining qo‘li bor.