Saidov saudiyalik hamkasbi bilan telefon orqali suhbatlashdi

© MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov
Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni TIV rahbarlari hamkorlikni yanada yuqori darajalarga olib chiqishni muhokama qildi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov saudiya arabistonilik hamkasbi shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Saidov Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Saidovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan yuksalish ko‘rsatmoqda.
“O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligimizni yanada yuqori darajalarga olib chiqish uchun barcha zarur imkoniyatlarini yo‘naltirishiga kelishib oldik”, - deya yozgan O‘zbekiston TIV rahbari.
Yangiliklar lentasi
0