https://oz.sputniknews.uz/20230716/qoraqalpogiston-madaniyatni-qollab-quvvatlash-jamgarmasi-36904921.html
Qoraqalpog‘istonda Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi
Qoraqalpog‘istonda Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi
Sputnik O‘zbekiston
Jamg‘armaning asosiy vazifalari madaniyat va san’at sohasi vakillari, iqtidorli ijodkorlarni, ayniqsa, yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, og‘ir iqtisodiy vaziyatga tushib qolgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj madaniyat va san’at xodimlarini aniqlash, ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etish hamda moliyalashtirish bo‘ladi.
2023-07-16T17:19+0500
2023-07-16T17:19+0500
2023-07-16T17:19+0500
madaniyat
jamiyat
qoraqalpog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0d/35939873_157:396:2484:1705_1920x0_80_0_0_66e6fa5b1cafbb9c4a9cc06baf49e1c7.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Prezidentning 10-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi huzurida Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 219-son qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Norma.uz.Jamg‘armaning asosiy vazifalari madaniyat va san’at sohasi vakillari, iqtidorli ijodkorlarni, ayniqsa, yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, og‘ir iqtisodiy vaziyatga tushib qolgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj madaniyat va san’at xodimlarini aniqlash, ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etish hamda moliyalashtirish bo‘ladi.Shuningdek, u madaniyat va san’at tashkilotlari faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlaydi, ijodkorlar, ijodiy va badiiy jamoalarning mahalliy va xorijiy gastrol safarlarini tashkil etadi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar)larining mahalliy budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan har chorakda ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘lari jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari bo‘ladi.Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushadigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar jamg‘arma manbalari hisoblanadi.Madaniyat va turizm vazirligi jamg‘armaga O‘zbekiston budjetidan 2023-yil uchun Madaniyat va turizm vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 20 mlrd so‘m ajratadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0d/35939873_293:400:2319:1920_1920x0_80_0_0_1e27591ea6193245511959582e372603.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qoraqalpog‘iston madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
qoraqalpog‘iston madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
Qoraqalpog‘istonda Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi
Madaniyat va san’at sohasi vakillari, iqtidorli ijodkorlarni, ayniqsa, yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Prezidentning 10-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi huzurida Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 219-son qarori qabul qilindi, deya
xabar berdi Norma.uz.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari madaniyat va san’at sohasi vakillari, iqtidorli ijodkorlarni, ayniqsa, yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, og‘ir iqtisodiy vaziyatga tushib qolgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj madaniyat va san’at xodimlarini aniqlash, ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etish hamda moliyalashtirish bo‘ladi.
Shuningdek, u madaniyat va san’at tashkilotlari faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlaydi, ijodkorlar, ijodiy va badiiy jamoalarning mahalliy va xorijiy gastrol safarlarini tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar)larining mahalliy budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan har chorakda ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘lari jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari bo‘ladi.
Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushadigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar jamg‘arma manbalari hisoblanadi.
Madaniyat va turizm vazirligi jamg‘armaga O‘zbekiston budjetidan 2023-yil uchun Madaniyat va turizm vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 20 mlrd so‘m ajratadi.