https://oz.sputniknews.uz/20230716/favvoralarda-chomilish-nega-xavfli-36907264.html
Favvoralarda cho‘milish nega xavfli
Favvoralarda cho‘milish nega xavfli
Sputnik O‘zbekiston
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova favvoralarda cho‘milish salomatlik uchun nega xavfiligi borasida ma’lumot berdi. Favvorada cho‘milish o‘tkir virusli ichak infeksiyalari, gepatit (A, E), ichburug‘, ichterlama, lyamblioz kabi xavfli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
2023-07-16T22:08+0500
2023-07-16T22:08+0500
2023-07-16T22:08+0500
bu qiziq
o‘zbekiston
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/596/24/5962407_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_12cd7919d9a0deff84b95d3a8be44a8e.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova favvoralarda cho‘milish salomatlik uchun nega xavfiligi borasida ma’lumot berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, favvoralar havoni namlantirib turish va yon-atrofga estetik ko‘rk bag‘ishlash maqsadida barpo etiladi. Ular cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan.Bunday obyektlar suvi basseynlar singari tez-tez almashtirilmaydi va zararsizlantirilmaydi. Shu bois issiqda ularda mikroorganizmlar tez va oson ko‘payadi.Qolaversa, bunday havzalarga turli kommunikatsiya va yoritish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bu esa suv ostidagi konstruksiyalarga qoqilib, jarohat olish xavfini oshiradi.Yana bir omil: favvoralar qushlar, it va mushuklar hamda boshqa jonivorlar chanqog‘ini qondirishi, cho‘milishi, sho‘ng‘ishi uchun ochiq hamda qulay manbadir. Bu esa mazkur havzalarga turli lichinkalar tushishiga olib keladi.Shifokorning so‘zlariga, agar shunday ifloslangan suvga bolalar, ayniqsa, badanida turli yara va jarohatlari bor o‘g‘il-qizlar tushsa, teri kasalliklarini keltirib chiqaruvchi stafilokokk, streptokokk, enteraviruslar va boshqa parazit hamda mikroblarni yuqtirib olishi oson.Bunday muhit burun, og‘iz va quloq shilliq qavatlari yallig‘lanishiga ham olib kelishi ehtimoli mavjud. O‘z navbatida, yomg‘ir suvi favvoralarga qo‘shilishi ular tarkibida zararli kimoviy aralashmalar paydo bo‘lishiga olib kelishini unutmaslik kerak.“Ayni sababdan, avvalo, taqiqlangan, ifloslangan, tekshirilmagan va notanish suv havzalariga tushmaslikni tavsiya etamiz. Agar ochiq havzalarda cho‘milish vaqtida va undan keyin holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, tana harorati ko‘tarilishi, ich ketishi, qorin dam bo‘lishi kabi alomatlar yuzaga kelsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim”, - deya xulosa qildi Tursunova.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/596/24/5962407_154:0:1054:675_1920x0_80_0_0_0aa56d41fe0cfc03bb77bb257236c070.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
favvora cho‘milish kasallik
favvora cho‘milish kasallik
Favvoralarda cho‘milish nega xavfli
Jazirama zabtiga olgan shu kunlarda cho‘milish havzalari juda gavjum. Hatto shaharu tuman markazlarida yon-atrofga salqinlik taratib turgan ba’zi favvoralar hovuzlarida ham bolajonlarni uchratish mumkin.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova favvoralarda cho‘milish salomatlik uchun nega xavfiligi borasida
ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, favvoralar havoni namlantirib turish va yon-atrofga estetik ko‘rk bag‘ishlash maqsadida barpo etiladi. Ular cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan.
Bunday obyektlar suvi basseynlar singari tez-tez almashtirilmaydi va zararsizlantirilmaydi. Shu bois issiqda ularda mikroorganizmlar tez va oson ko‘payadi.
“Oqibatda favvorada cho‘milish o‘tkir virusli ichak infeksiyalari, gepatit (A, E), ichburug‘, ichterlama, lyamblioz kabi xavfli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi”, - deydi Tursunova.
Qolaversa, bunday havzalarga turli kommunikatsiya va yoritish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bu esa suv ostidagi konstruksiyalarga qoqilib, jarohat olish xavfini oshiradi.
Yana bir omil: favvoralar qushlar, it va mushuklar hamda boshqa jonivorlar chanqog‘ini qondirishi, cho‘milishi, sho‘ng‘ishi uchun ochiq hamda qulay manbadir. Bu esa mazkur havzalarga turli lichinkalar tushishiga olib keladi.
Shifokorning so‘zlariga, agar shunday ifloslangan suvga bolalar, ayniqsa, badanida turli yara va jarohatlari bor o‘g‘il-qizlar tushsa, teri kasalliklarini keltirib chiqaruvchi stafilokokk, streptokokk, enteraviruslar va boshqa parazit hamda mikroblarni yuqtirib olishi oson.
Bunday muhit burun, og‘iz va quloq shilliq qavatlari yallig‘lanishiga ham olib kelishi ehtimoli mavjud. O‘z navbatida, yomg‘ir suvi favvoralarga qo‘shilishi ular tarkibida zararli kimoviy aralashmalar paydo bo‘lishiga olib kelishini unutmaslik kerak.
“Ayni sababdan, avvalo, taqiqlangan, ifloslangan, tekshirilmagan va notanish suv havzalariga tushmaslikni tavsiya etamiz. Agar ochiq havzalarda cho‘milish vaqtida va undan keyin holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, tana harorati ko‘tarilishi, ich ketishi, qorin dam bo‘lishi kabi alomatlar yuzaga kelsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim”, - deya xulosa qildi Tursunova.