Buxoroda brakonyer ekologiya bo‘limi boshlig‘ini yarador qildi – video

CC0 / Unsplash / Jp Valery / Ov quroli, arxiv surat
Ov quroli, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2023
Obuna bo‘lish
Inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan va holatga chek qo‘yish maqsadida u yerga borgan.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga chek qo‘yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakonyer unga o‘q uzgan. Xodim qo‘lidan yaralangan, brakonyer esa voqea joyidan yashiringan.
Ta’kidlanishicha, inspektorga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozir uning ahvoli yaxshi.
Vazirlik brakonyerlarni qo‘lga olish choralari ko‘rilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0