Akademik litseylarga kirish imtihoni qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

© Davlat test markazi Test sinovlari, arxiv surat
Test sinovlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2023
Obuna bo‘lish
Sinovlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sinovlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.
Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti:
birinchi smena soat 9:00 da boshlanadi.
ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Test sinovlarini o‘tkazilish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga asosan bu yildan e’tiboran akademik litsey a o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan.
Yangiliklar lentasi
0