https://oz.sputniknews.uz/20230715/surxondaryo-galla-er-yoqish-fermer-jarima-36888776.html
Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqib yuborildi — qaysi fermerlar jarima to‘laydi?
Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqib yuborildi — qaysi fermerlar jarima to‘laydi?
Sputnik O‘zbekiston
Fermer xo‘jaliklari g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini "takroriy ekin ekish" maqsadida yoqib yuborishgan.
2023-07-15T11:52+0500
2023-07-15T11:52+0500
2023-07-15T11:52+0500
jamiyat
o‘zbekiston
surxondaryo
g‘alla
fermerlar
jarima
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0f/36887952_0:132:1280:852_1920x0_80_0_0_63fffce6ca2657fbe30adf49f5e936db.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqib yuborildi. Yetkazilgan zarar miqdori 100 mln so‘mdan oshgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.Viloyat Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi Qumqo‘rg‘on tumanida nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Unda bir qator fermer xo‘jaliklarida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini "takroriy ekin ekish" maqsadida yoqib yuborilgani aniqlandi.Quyidagi fermer xo‘jaligi rahbarlariga nisbatan MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi:Aytilishicha, yetkazilgan zarar huquqbuzarlardan undiriladi.
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0f/36887952_105:0:1242:853_1920x0_80_0_0_58ccf87a863a5ab1a3b6da11665fa767.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
surxondaryo g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqish fermerlar jarima
surxondaryo g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqish fermerlar jarima
Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqib yuborildi — qaysi fermerlar jarima to‘laydi?
Fermer xo‘jaliklari g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini "takroriy ekin ekish" maqsadida yoqib yuborishgan.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqib yuborildi. Yetkazilgan zarar miqdori 100 mln so‘mdan oshgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. Viloyat Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi Qumqo‘rg‘on tumanida nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Unda bir qator fermer xo‘jaliklarida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini "takroriy ekin ekish" maqsadida yoqib yuborilgani aniqlandi.
Quyidagi fermer xo‘jaligi rahbarlariga nisbatan MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi:
“Bo‘ston Firdavs” fermer xo‘jaligida 10 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Huquqbuzarlik natijasida tuproq unumdorligiga 21 million 286 ming 980 so‘m zarar yetkazilgan.
“Hojimurod Mamatrayim” fermer xo‘jaligida 10 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 17 million 548 ming 113 so‘m zarar yetkazilgan.
“Elsevar Nurli Zamin“ fermer xo‘jaligida 5 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 8 million 774 ming 055 so‘m zarar yetkazilgan.
“Kakaydi paxtakor” fermer xo‘jaligida 10 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 17 million 520 ming 822 so‘m zarar yetkazilgan.
“Eshqobil Hojimurod” fermer xo‘jaligida 13 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 27 million 918 ming 690 so‘m zarar yetkazilgan.
“Zilola-Ruslan“ fermer xo‘jaligida 7 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Tuproq unumdorligiga 13 million 28 ming 722 so‘m zarar yetkazilgan.
Aytilishicha, yetkazilgan zarar huquqbuzarlardan undiriladi.