https://oz.sputniknews.uz/20230715/samarqand-mahalliy-aholi-yovvoyi-qush-bolasi-36884372.html
Samarqandda mahalliy aholi yovvoyi qush bolasining hayotini saqlab qoldi
Samarqandda mahalliy aholi yovvoyi qush bolasining hayotini saqlab qoldi
Sputnik O‘zbekiston
Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markazida toshqirg‘iy qushining yangi tug‘ilgan bolasi qarovga olindi.
2023-07-15T07:15+0500
2023-07-15T07:15+0500
2023-07-15T07:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
“zarafshon” milliy tabiat bog‘i
qushlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0e/36881960_0:241:960:781_1920x0_80_0_0_98876d9d4411034c7ab1f9a405e4c753.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Samarqandda mahalliy aholi tomonidan Toshqirg‘iy bolasining hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markazida toshqirg‘iy qushining yangi tug‘ilgan bolasi qarovga olindi.Ma’lum bo‘lishicha, burgutsimonlar oilasiga mansub qush Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududida yashovchi mahalliy aholi tomonidan topib olingan va milliy bog‘ xodimlariga topshirilgan.Xabarda Ekologiya vazirligi toshqirg‘iy bolasining ahvoliga befarq bo‘lmagan mahalliy aholi vakillariga minnatdorlik bildirib o‘tgan.
o‘zbekiston
“zarafshon” milliy tabiat bog‘i
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0e/36881960_0:151:960:871_1920x0_80_0_0_32dacad1fb92cf0ef139cfe169744f46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zarafshon milliy tabiat bog‘i toshqirg‘iy bolasi qush mahalliy aholi
zarafshon milliy tabiat bog‘i toshqirg‘iy bolasi qush mahalliy aholi
Samarqandda mahalliy aholi yovvoyi qush bolasining hayotini saqlab qoldi
Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markazida toshqirg‘iy qushining yangi tug‘ilgan bolasi qarovga olindi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Samarqandda mahalliy aholi tomonidan Toshqirg‘iy bolasining hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. Qayd etilishicha, Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markazida toshqirg‘iy qushining yangi tug‘ilgan bolasi qarovga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, burgutsimonlar oilasiga mansub qush Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududida yashovchi mahalliy aholi tomonidan topib olingan va milliy bog‘ xodimlariga topshirilgan.
“Ayni damda toshqirg‘iyning ahvoli yaxshi. U Zarafshon milliy tabiat bog‘ida uch hafta parvarish qilinadi. Uchishni o‘rganganidan so‘ng tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi”, deyiladi xabarda.
Xabarda Ekologiya vazirligi toshqirg‘iy bolasining ahvoliga befarq bo‘lmagan mahalliy aholi vakillariga minnatdorlik bildirib o‘tgan.