Rossiya Janubi-Sharqiy Osiyodagi diplomatik ishtirokini kengaytiradi — Lavrov

© MID RossiiRossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Janubi-Sharqiy Osiyodagi diplomatik ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Rossiya Janubi-Sharqiy Osiyodagi diplomatik ishtirokini kengaytiradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bugun Rossiya Federatsiyasining Pxuketdagi Bosh konsulligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Rossiyaning Pxuketdagi doimiy konsulligining bugungi ochilish marosimi juda muhim qadamdir, ammo sizni ishontirib aytamanki, bu Rossiyaning Janubi-Sharqiy Osiyodagi diplomatik ishtirokini kengaytirishdagi oxirgi qadam emas”, dedi Lavrov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mintaqaning boshqa do‘st davlatlarida qo‘shimcha diplomatik vakolatxonalar ochish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0