O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida 18 ta medalni qo‘lga kiritishdi — ular kimlar?

© NOK UzbekistanaO‘zbekistonlik sportchilar sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida 18 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonlik sportchilar sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida 18 ta medalni qo‘lga kiritishdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
Obuna bo‘lish
Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-15 va U-20 yosh toifalarida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida 18 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-15 va U-20 yosh toifalarida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytgacha 15 yoshgacha bo‘lgan kadetlar bahsi yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin, 6 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Kadetlar toifasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar:
Oltin medal:
-48 kg: Ulug‘bek Rashidov (erkin kurash).
Kumush medal:
-38 kg: Jahongir To‘lqinov (erkin kurash);
-85 kg: Behruz Bahodirov (erkin kurash);
-52 kg: Ovezdurdi Saparmuratov (yunon-rum kurashi);
-39 kg: Shohista Shonazarova (qizlar kurashi);
-54 kg: Munisa Mingasharova (qizlar kurashi);
-66 kg: Muhayyo Rahimjonova (qizlar kurashi).
Bronza medal:
-62 kg: Farruhbek Jumanazarov (erkin kurash);
-68 kg: Jafar Jalilov (erkin kurash);
-75 kg: Bunyod Rufatov (erkin kurash);
-38 kg: Abdushukur Nurgeldiyev (yunon-rum kurashi);
-41 kg: Abbos Omonboyev (yunon-rum kurashi);
-48 kg: Shohjahon Eshmirzayev (yunon-rum kurashi);
-57 kg: Azizbek Barlikbayev (yunon-rum kurashi);
-62 kg: Og‘abek Askaraliyev (yunon-rum kurashi);
-68 kg: Behruzbek Valiyev (yunon-rum kurashi);
-85 kg: Sayidamir Ne’matov (yunon-rum kurashi) ;
-62 kg: Laylo Orazboyeva (qizlar kurashi).
Bugundan 20 yoshgacha bo‘lgan polvonlar bahsi boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0