O‘zbekiston va Rossiyada ikki mamlakatning bojxona xizmatlari vakolatxonalari ochiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyada ikki mamlakatning bojxona xizmatlari vakolatxonalari ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan PQ-226-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan ikki mamlakat Hukumatlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2022-yil 2-dekabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.
Ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi mas’ul etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari Qo‘shma komissiya yig‘ilishida 12ta hamkorlik hujjati imzolangan edi. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi Bitim ham bor.
Shuningdek, Rossiya O‘zbekiston mahsulotlari uchun soddalashtirilgan bojxona tartibi tashkil etiladi. Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi tartibi hozirda tekstil materiallari, to‘qimachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan keng tatbiq qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0