https://oz.sputniknews.uz/20230715/ozbekiston-mevali-boglar-va-uzumzorlar-soni-36898211.html
O‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi — tafsilotlar
O‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Yil yakunigacha 28 ming gektar uzumzor va 8 ming gektar mevali bog‘lar barpo etish rejalashtirilgan. 15.07.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-07-15T19:16+0500
2023-07-15T19:16+0500
2023-07-15T19:17+0500
jamiyat
o‘zbekiston
meva-sabzavot
uzum
qishloq xo‘jaligi vazirligi
fermerlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0f/36898478_4:0:1277:716_1920x0_80_0_0_2725224c0d433f7f154b171a8b0d4a1e.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yil yakuniga qadar mevali bog‘lar va uzumzor maydonlari kengaytiriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev Sirdaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklari va korxonalar faoliyati bilan tanishdi.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 338 ming gektar mevali bog‘lar mavjud. Shu yilning o‘zida 25 ming gektar yangi mevali bog‘lar barpo etish belgilangan. Respublika bo‘yicha 182,1 ming gektar (107 ming hosilli) tokzorlar mavjud. Shu yilning o‘zida 2 million tonna uzum yetishtirish rejalashtirilgan.Xorijga 298,6 mln dollarlik mahsulotlarni eksport qilish prognoz qilingan.Shundan:Qayd etilishicha, 2021-2023 yillarda 88,3 ming gektar, shundan 2023-yilda 14,4 ming gektar uzumzorlar barpo etildi. Yil yakunigacha yana 28 ming gektar barpo etish ko‘zda tutilgan.Hozirda davlat reyestriga 74,5 ming xo‘raki, 77,7 ming kishmishbop va 21,6 ming sanoatbop, 40 dan ziyod uzum navlari kiritilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda meva-sabzavot ishlab chiqarish 20 foizga oshib, 22,5 mln tonnaga yetgani ma’lum qilingandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0f/36898478_199:0:1154:716_1920x0_80_0_0_dd61c4cff5840a385fc13a76d41a13d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, meva-sabzavot, uzum, qishloq xo‘jaligi vazirligi, fermerlar
jamiyat, o‘zbekiston, meva-sabzavot, uzum, qishloq xo‘jaligi vazirligi, fermerlar
O‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi — tafsilotlar
19:16 15.07.2023 (yangilandi: 19:17 15.07.2023) Yil yakunigacha 28 ming gektar uzumzor va 8 ming gektar mevali bog‘lar barpo etish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yil yakuniga qadar mevali bog‘lar va uzumzor maydonlari kengaytiriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev Sirdaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklari va korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 338 ming gektar mevali bog‘lar mavjud. Shu yilning o‘zida 25 ming gektar yangi mevali bog‘lar barpo etish belgilangan.
"Bahor oyida 17 ming gektarda mevali bog‘ barpo etildi, kuzda yana 8 ming gektar barpo etish rejalashtirilgan", deyiladi vazirlik xabarida.
Respublika bo‘yicha 182,1 ming gektar (107 ming hosilli) tokzorlar mavjud. Shu yilning o‘zida 2 million tonna uzum yetishtirish rejalashtirilgan.
Xorijga 298,6 mln dollarlik mahsulotlarni eksport qilish prognoz qilingan.
Vinochilik mahsulotlari - 439,6 ming dollar.
Qayd etilishicha, 2021-2023 yillarda 88,3 ming gektar, shundan 2023-yilda 14,4 ming gektar uzumzorlar barpo etildi. Yil yakunigacha yana 28 ming gektar barpo etish ko‘zda tutilgan.
Hozirda davlat reyestriga 74,5 ming xo‘raki, 77,7 ming kishmishbop va 21,6 ming sanoatbop, 40 dan ziyod uzum navlari kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda meva-sabzavot ishlab chiqarish 20 foizga oshib, 22,5 mln tonnaga yetgani
ma’lum qilingandi.