https://oz.sputniknews.uz/20230715/oqishni-kochirish-ariza-olish-36885718.html
Bugundan talabalar o‘qish joyini o‘zgartirish uchun ariza yozishlari mumkin — tafsilotlar
Bugundan talabalar o‘qish joyini o‘zgartirish uchun ariza yozishlari mumkin — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va 2 ta platforma orqali qabul qilinadi.
2023-07-15T10:20+0500
2023-07-15T10:20+0500
2023-07-15T10:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
otm
talabalar
imtihon
o‘qishni ko‘chirish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094851_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_eb50b9ae1894d35ed503e07e373989cd.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Bugundan o‘qishni ko‘chirish uchun ariza olish boshlanadi, deya xabar berdi Ta’lim nazorati.Oliy ta’lim muassasalarda (OTM) o‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15-iyuldan boshlanadi va 5-avgustga qadar davom etadi.Arizalar quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi:O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlangan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094851_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_62bb97487449d770ea62575a0477ed10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘qishni ko‘chirish ariza otm talaba o‘zbekiston
o‘qishni ko‘chirish ariza otm talaba o‘zbekiston
Bugundan talabalar o‘qish joyini o‘zgartirish uchun ariza yozishlari mumkin — tafsilotlar
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Bugundan o‘qishni ko‘chirish uchun ariza olish boshlanadi, deya xabar berdi
Ta’lim nazorati. Oliy ta’lim muassasalarda (OTM) o‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15-iyuldan boshlanadi va 5-avgustga qadar davom etadi.
Arizalar quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi:
transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.
Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari
tasdiqlangan edi.