Ukraina aholisi Rossiyaga qarshilik ko‘rsatishni istamaydi – so‘rov
© AFP 2023 / PHILIPPE LOPEZUkraina bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan tufli kiyib olgan ayol, arxiv surat
© AFP 2023 / PHILIPPE LOPEZ
Obuna bo‘lish
Ukraina aholisi o‘z uyini tashlab ketishni ham Ukraina Qurolli kuchlari safiga qo‘shilishni ham istamaydi – amerikalik tadqiqotchilar xulosasi.
TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Ukrainaning “Reyting” ijtimoiy guruhi iyun oxirida Amerikaning “Xalqaro respublika instituti” (International Republican Institute, IRI) notijorat tashkiloti buyurtmasiga asosan Ukraina nazorati ostidagi shaharlar aholisining kayfiyatini aniqlash uchun tadqiqot o‘tkazdi.
Undan ma’lum bo‘lishicha, Ukraina fuqarolarining aksariyatining uylari maxsus harbiy operatsiya davomida shikastlanmagan va ular o‘z turar joylarini tark etishni istamaydi. Shuningdek, ular yashayotgan shahar yaqinida vaziyat keskinlashgan taqdirda ham Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) safiga qo‘shilish niyati yo‘q.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) mablag‘lari evaziga o‘tkazilgan tadqiqotning bu va boshqa xulosalari - Sputnik materialida.
Qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar barmoq bilan sanarli
Ukrainaning "Reyting” ijtimoiy guruhi iyun oxirida USAID moliyaviy ko‘magida Amerikaning IRI notijorat tashkiloti buyurtmasiga asosan Ukraina nazorati ostidagi (jumladan, Rossiyaning Zaporojye viloyatida) 21 ta shaharda muqim yashab kelayotgan fuqarolar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi.
Tadqiqot doirasida 18 yoshdan katta bo‘lgan 16,8 ming kishi savollarga javob bergan.
Respondentlarga ular yashab turgan yaqin joyda harbiy vaziyat keskinlashgan taqdirda ularni nima qilishni rejalashtirayotgani haqida savol berilgan. So‘rovda qatnashganlarning aksariyati ketish niyati yo‘qligi, balki o‘z shaharlarida qolishni rejalashtirayotganini aytgan.
Shu bilan birga, UQK safiga qo‘shilish va Rossiya qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatishga tayyor bo‘lganlar barmoq bilan sanarli xolos. Qo‘liga qurol olishga tayyor bo‘lganlar Ukrainaning g‘arbiy shaharlarida nisbatan ko‘proq - 14-17 %. Harbiy vaziyat keskinlashgan taqdirda UQK safiga Xarkovda atigi 6%, Odessa, Chernigov va Zaporojyeda - 8% , shuninggdek Nikolayevda - 9 %i qo‘shilishga tayyor.
Amerika pullari evaziga o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Ukraina propagandasi tarqatayotgan ma’lumotlarga umuman mos kelmaydi.
© SputnikSaytdan olingan skrinshot
Saytdan olingan skrinshot
© Sputnik
Bombapanohgohlar muammolari
Tadqiqot doirasida Ukrainada bombapanohgohlar haligacha abgor holatda ekani ham aniqlangan.
21 ta shahardan 18 tasida tegishli savolga javob berganlarning aksariyati ular “yomon”, “juda yomon” yoki “mavjud emas” degan.
Harbiy xatti-harakatlar kam bo‘lgan g‘arbiy Ujgorod va Ivano-Frankovsk shaharlarida biroz ustunlik bilan “javob berishga qiynalyapman” varianti yuqoridagi variantlarni ortta qoldirgan. Yana ikkita g‘arbiy shaharda – Ternopol va Lusk – “javob berishga qiynalyapman” varianti “yomon” varianti bilan bir xil ovoz olgan.
O‘xshash vaziyat Odessada – “javob berishga qiynalyapman” variantini yoqlab ovoz berganlar soni “yomon” va “juda yomon” variantini tanlaganlar soni bilan bir xil.
Rossiya turar joylarga hujum qilyaptimi... yoki yo‘q?
21 ta shahar aholisi urush vaqtida ularning uylari zarar ko‘rdimi degan savolga qiziq javob berishgan.
Ular, ayniqsa, Ukraina hukumati va propagandasining doimiy ravishda Rossiya terrorchi davlat, qasddan uy-joylarni yo‘q qilyapti va mahalliy aholini genotsid qilyapti deb jar solayotgan bir paytda juda qiziq.
© SputnikSaytlardan olingan skrinshot
Saytlardan olingan skrinshot
© Sputnik
Xususan, barcha shaharlarda so‘rovda qatnashganlarning aksariyati Rossiya tomonidan o‘tkazilayotgan maxsus harbiy operatsiya davomida ularning uyiga zarar yetmaganini bildirgan. 21 ta shahardan 18 tasida respondentlarning 94-100 foizi shunday javob bergan, Nikolayevda – 73 foiz, Chernigovda – 66 foiz, Xarkovda – 60 foiz.
Zarar yetdi deb javob bergan Nikolayevdagi 20 foiz aholi zarar “unchalik katta” emasligini aytgan. Bu vaziyat Chernigov aholisida 24 foiz va Xarkov aholisida 30 foiz.
Nikolayev, Chernigov va Xarkovda mos ravishda 93 foiz, 90 foiz va 90 foiz uy-joy jangovar harakatlar oqibatida umuman zararlanmagan, yoki biroz zarar ko‘rgan.
Darvoqe, so‘rov natijalariga ko‘ra, aksariyat respondentlar bu shaharlarda shikastlangan uy-joyni tiklash ishlari bajarilmagani yoki qisman bajarilganini aytgan.
Bu haqda uyiga zarar yetgan Chernigovda so‘rovda qatnashganlarning 63 foizi (34 foiz kishining uyi qisman tiklangan, 29 foizida umuman tiklanmagan), Xarkovda 79 foizi (mos ravishda 29 foiz va 50 foiz), Nikolayevda 82 foizi (mos ravishda 20 foiz va 62 foiz) ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, uyida qayta tiklash ishlari bajarilganlar ular ta’mirlash ishlarini Ukraina hukumati mablag‘i bilan emas, balki ko‘proq o‘z cho‘ntaklaridan to‘lashganini aytishgan.
Bu haqda uyiga zarar yetgan va Nikolayevda so‘rovda qatnashganlarning 71 foizi, Xarkovda 45 foizi va Chernigovda 77 foizi ma’lum qilgan. Nikolayevda respondentlarning atigi 19 foizi, Xarkovda 46 foizi va Chernigovda 12 foizi qayta tiklash ishlari davlat mablag‘lari evazga amalga oshirilganini aytgan.
Chernigovda qayta tiklash ishlari davlat yordam doirasida emas, balki ko‘proq xayriya tashkilotlari va jamg‘armalari (26 foiz) hamda xalqaro tashkilotlar (13 foiz) mablag‘i evaziga amalga oshirilgan.
Umuman olganda, yuqorida tilga olingan uchta shaharning birortasida uy-joyni tiklashda davlat yordamiga umid qilishmaydi: uyiga zarar yetgan va hozirgacha ta’mirlanmagan Nikolayev aholisining 65 foizi o‘z kuchi va puli bilan uyini ta’mirlashni rejalashtirmoqda. 47 foiz xarkovliklar va 71 foiz chernigovliklar ham xuddi shu niyatda.
Emigratsiya haqida g‘alati javoblar
So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati jangovar harakatlar boshlangandan so‘ng Ukrainani tark etgan yaqin qarindoshlarini yo‘qligini tan olgan – 49-72 foiz respondent ularning oila a’zolari o‘z shahrida qolganini aytgan. Ular boshqa mamlakat u yoqda tursin, hatto Ukrainaning boshqa viloyatiga ham ko‘chib ketishmagan.
Yaqinlari xorijga ketgan Ukraina fuqarolarining (so‘rovda qatnashgan 16,8 ming kishidan taxminan 5,7 ming kishi) jami 1-4 foizi Rossiyaga ko‘chib ketgani fakti qiziq.
Shu bilan birga, BMT butun dunyoda 6,33 million ukrainalik qochoq borligini aytadi, shulardan 1,28 millioni Rossiyaga ko‘chib o‘tgan (boshqa davlatlarga qaraganda eng ko‘p).
USAID pullariga o‘tkazilgan so‘rov natijalari faqat uch narsani aytishi mumkin: yoki Amerika pullarini halollayotgan tadqiqotchilar baxtli tasodif bilan qarindoshlari Rossiyaga ketmagan aholiga duch kelishgan, yoki Ukraina nazorati ostidagi shaharlar aholisi shu qadar qo‘rqqadiki, yaqinlari ko‘chib ketganini tan olisholmaydi, yoki IRI e’lon qilgan tadqiqot natijalarini unchalik haqiqatga yaqin emas.
Bu jihatni quyida taqdim etilgan so‘rov natijalarini ham qabul qilishda inobatga olmoq darkor.
NATOga qo‘shilish va rus tili taqdiri
Odamlar hatto anonim tarzda savollarga javob berishdan cho‘chigan, muayan natijalardan manfaatdor bo‘lgan tadqiqotchilar yakuniy ko‘rsatkichlarni “moslashtirib olishi” mumkin bo‘lgan hatto bunday sharoitlarda – Odessada so‘rovda qatnashganlarning 47 foizi Ukrainaning NATOga qo‘shilishini yoqlamagan. 38 foiz xarkovliklar, 31 foiz dneprliklar hamda 28 foiz nikolayevliklar va zaporojyeliklar ham qo‘shilmaslik uchun ovoz bergan.
Shu bilan birga, Ukraina g‘arbida mamlakatning NATOga qo‘shilishi tarafdorlari talayligi aniqlangan. Lvovda qo‘shilishni yoqlab 92 foiz respondent ovoz bergan.
Umuman olganda, so‘rovda qatnashib, alyansga kirishni ma’qullaganlarning aksariyati (88-92 foiz) Ukraina g‘arbidagi Lvov, Lusk, Ivano-Frankovsk, Ternopol, Rovno shaharlaridan.
Yuqorida bayon qilinganlarga qaramay, Ukrainaning g‘arbiy va janubi-sharqiy hududlaridagi aholining kayfiyati o‘rtasidagi farq yetarlicha yuqori darajada qolmoqda.
Qo‘shimcha tarzda qayd etish mumkinki, bu tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ukrainaning janubi-g‘arbiydagi to‘rtta yirik shaharning hamda Kiyev nazorati ostidagi Zaporojyening aksariyat aholisi uyda ular rus tilida gaplashishini tan olgan.
Tegishli savolga Nikolayevda so‘rovda qatnashganlarning 61 foizi, Dneprda (sobiq Dnepropetrovsk) 66 foizi, Zaporojyeda 67 foizi, Xarkovda 78 foizi va Odessada 80 foizi “ha” deb javob bergan.
Shuningdek, Kiyevda so‘rovda qatnashganlarning 38 foizi va Chernigovda 41 foizi uyda rus tilida suhbatlashinini aytgan.