https://oz.sputniknews.uz/20230714/ukraina-kassetali-oq-dorilar-aqsh-pentagon-36857157.html
Ukraina kassetali o‘q-dorilarni faqat AQShdan olmagan — Pentagon
Ukraina kassetali o‘q-dorilarni faqat AQShdan olmagan — Pentagon
Sputnik O‘zbekiston
Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kassetali o‘q-dorilarni faqat AQShdan olmagan.
2023-07-14T09:57+0500
2023-07-14T09:57+0500
2023-07-14T11:53+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
aqsh
ukraina
pentagon
qurol-yarog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/02/34541044_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c508015d080da292660b72f9478f00d9.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Kiyev kassetali o‘q-dorilarni nafaqat AQShdan, balki boshqa davlatlardan ham oldi. Bu haqda Pentagon qo‘shma shtabining operatsiyalar bo‘yicha direktori general Duglas Sims ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Sims, shuningdek, bu snaradlar allaqachon Ukrainaga yetkazilganini ta’kidladi.AQSh prezidenti Jo Bayden 7-iyul kuni Kiyevga Amerika kassetali o‘q-dorilari yetkazib berilishini e’lon qilgan edi. Ushbu turdagi qurol o‘z-o‘zini yo‘q qilish moslamalari bilan jihozlanmagan. AQSh harbiylariga ko‘ra, ularning beshdan 14 foizigacha bo‘lgan qismi umuman portlamasligi mumkin, chunki ular uzoq vaqtdan beri omborlarda saqlangan. Bunday holda snaradlar mojaro tugaganidan keyin ham tinch aholiga tahdid solishi mumkin.Hatto AQSh Kongressi ham Ukrainaga bunday qurollar yetkazib berilishiga qarshi chiqqan. Baydenning AQSh Demokratik partiyasi a’zolari mudofaa to‘g‘risidagi qonunga kassetali o‘q-dorilarni berishni taqiqlovchi tuzatish tayyorlamoqda. AQSh Kongressi Vakillar Palatasining Minnesota shtatidan a’zosi Ilhan Umar fikricha, ulardan foydalanish inson huquqlarini buzadi.Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, AQShning Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishi tinch aholi uchun xavf tug‘diradi va inqirozni cho‘zishga qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230709/rossiya-tiv-aqshn-kiev-kassetali-oq-dorilar-36695662.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/02/34541044_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1a3b2a314be6285d51e46382a37d4c54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina pentagon aqsh kassetali o‘q-dorilar
ukraina pentagon aqsh kassetali o‘q-dorilar
Ukraina kassetali o‘q-dorilarni faqat AQShdan olmagan — Pentagon
09:57 14.07.2023 (yangilandi: 11:53 14.07.2023) Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga AQShdan tashqari boshqa davlatlar ham kassetali o‘q-dorilar yetkazib bergan.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Kiyev kassetali o‘q-dorilarni nafaqat AQShdan, balki boshqa davlatlardan ham oldi. Bu haqda Pentagon qo‘shma shtabining operatsiyalar bo‘yicha direktori general Duglas Sims ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Bizga ma’lumki, ilgari uchinchi davlatlar tomonidan o‘tkazilgan ba’zi (kassetali o‘q-dorilar. - Tahr.) bor edi”, - dedi u.
Sims, shuningdek, bu snaradlar allaqachon Ukrainaga yetkazilganini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 7-iyul kuni Kiyevga Amerika kassetali o‘q-dorilari yetkazib berilishini e’lon qilgan edi. Ushbu turdagi qurol o‘z-o‘zini yo‘q qilish moslamalari bilan jihozlanmagan. AQSh harbiylariga ko‘ra, ularning beshdan 14 foizigacha bo‘lgan qismi umuman portlamasligi mumkin, chunki ular uzoq vaqtdan beri omborlarda saqlangan. Bunday holda snaradlar mojaro tugaganidan keyin ham tinch aholiga tahdid solishi mumkin.
Hatto AQSh Kongressi ham Ukrainaga bunday qurollar yetkazib berilishiga qarshi chiqqan. Baydenning AQSh Demokratik partiyasi a’zolari mudofaa to‘g‘risidagi qonunga kassetali o‘q-dorilarni berishni taqiqlovchi tuzatish tayyorlamoqda. AQSh Kongressi Vakillar Palatasining Minnesota shtatidan a’zosi Ilhan Umar fikricha, ulardan foydalanish inson huquqlarini buzadi.
Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, AQShning Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishi tinch aholi uchun xavf tug‘diradi va inqirozni cho‘zishga qaratilgan.